Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

Top ligalarda faoliyatini davom ettirayotgan keksa futbolchilar

Top ligalarda faoliyatini davom ettirayotgan keksa futbolchilar

Baho:
+ | -

Har bir mavsumda ko‘pchilikning e’tibori yosh futbolchilarga qaratiladi. Bu tushunarli, chunki ular potensial yulduzlardir. Ammo faxriy futbolchilarni unutmaslik kerak. Ular haligacha ko‘pchilikni hayratda qoldirishi yoki hech bo‘lmaganda yuqori darajada o‘ynashi mumkin. Keling Yevropaning top-ligalarining eng keksa futbolchilari haqida gaplashamiz.

Premyer-liga

Angliya Premyer-ligasining eng keksa futbolchisi Tiago Silva hisoblanadi. "Chelsi" himoyachisi 38 yoshda, lekin u hali ham yuqori saviyada o‘ynamoqda va munosib o‘yin vaqtiga ega. U 40 yoshgacha o‘ynash niyatini ochiq aytdi.

APLning eng yoshi katta futbolchilar ro‘yxatida Silvadan keyin "Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu, "Aston Villa" himoyachisi Eshli Yang va "Vest Xem" darvozaboni Lukash Fabianski bor. Har uchala futbolchi ham 37 yoshda. Ushbu ro‘yxatni "Liverpul" yarim himoyachisi Jeyms Milner va "Vulverxempton" yarim himoyachisi Joau Moutinyo yakunlab turibdi.

La Liga

Xoakin - La Ligadagi eng keksa futbolchi. "Betis" vingeri 41 yoshda. Futbolchi o‘tgan yozda faoliyatini yakunlashni rejalashtirgandi, biroq Ispaniya kubogini qo‘lga kiritib, jamoa yevrokuboklarga chiqqanidan so‘ng fikrini o‘zgartirdi. Futbolchi joriy mavsumda ko‘p o‘yin vaqtiga ega emas, lekin u hali ham o‘z klubi uchun muhim shaxs bo‘lib qolmoqda. Yevropa ligasida esa murabbiy bundan muntazam foydalanadi. Aytgancha, Xoakin yevrokuboklardagi eng keksa gol muallifi ham hisoblanadi.

La Liganing eng keksa futbolchilari orasida ikkinchi o‘rinni "Rayo Valyekano"ning 40 yoshli darvozaboni Diyego Lopes egallab turibdi. To‘g‘ri, u jamoasida asosiy darvozabon emas. Ushbu ro‘yxatni "Kadis" hujumchisi Alvaro Negredo, "Vilyarreal" himoyachisi Raul Albiol va "Real" yarim himoyachisi Luka Modrich yakunlab turibdi. Har uchala futbolchi ham 37 yoshda. Negredo "Kadis"da rotasiya o‘yinchisi, Modrich va Albiol esa jamoalari uchun muhim futbolchilar bo‘lib qolmoqda.

A Seriya

Italiyada ko‘plab taniqli senyorlar bor, ular hatto katta yoshda ham o‘z jamoalari o‘yinida muhim element bo‘lib qoladilar. “Milan” hujumchisi A Seriyaning eng keksa futbolchisi hisoblanadi. Jarohatlar borgan sari Zlatanni mag‘lub etmoqda, ammo u hali faoliyatini yakunlash haqida o‘ylamayapti. Hozirda Ibragimovich "rossoneri"ga keyinchalik chempionlikni himoya qilishiga yordam berish uchun jarohatidan tiklanish ustida sabr bilan harakat qilmoqda.

A Seriyaning eng keksa futbolchilari reytingida ikkinchi o‘rinda "Sampdoriya" hujumchisi Fabio Kvalyarella 39 yoshda. Mish-mishlarga ko‘ra, futbolchi tizzasidagi uzoq yillik muammolar tufayli faoliyatini yakunlash haqida o‘ylayapti. Bu ro‘yxatni esa “Inter”ning 38 yoshli darvozaboni Samir Xandanovich yakunlaydi.

Bundesliga

Germaniya chempionati bilan bog‘liq bo‘lgan kam sonli reytinglardan biri, unda "Bavariya"dan bo‘lmagan kimdir peshqadamlik qilmoqda. Bundesligadagi eng keksa futbolchi Makoto Xasebe hisoblanadi. "Ayntraxt" himoyachisi 38 yoshda. Yapon faoliyatining asosiy qismini Germaniyada o‘tkazadi. “Ayntraxt”ga qadar u “Volfsburg” va “Nyurnberg” klublarida o‘ynagan. Xasebe Germaniya chempioniga aylandi. Qolaversa, tajribali himoyachi Germaniya kubogi va Superkubogi, shuningdek, Yevropa ligasida zafar quchdi.

Bundesliganing eng keksa futbolchilari ro‘yxatida Xasebedan keyin "Boxum" yarim himoyachisi Antoni Losilla va "Bavariya" darvozaboni Manuel Noyerlar bor. Ikkalasi ham 36 yoshda.

Liga 1

Liga 1'ning eng keksa futbolchisi unvoni “Nissa” himoyachisi Dante va “Lill” himoyachisi Jose Fontega tegishli. Ikkala futbolchi ham 38 yoshda. Fonte ham, Dante ham yuqori nomga ega, ammo braziliyalikning unvonlari ko‘proq, chunki u ilgari "Bavariya"da o‘ynagan. Myunxen klubida 3 yil davomida himoyachi hamma narsani yutdi: chempionlik, kubok va Germaniya Superkubogi, Chempionlar ligasi, UEFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionati. Ammo Fonte Fransiya chempioniga aylandi, bu bilan Dante hali maqtana olmaydi.

Bu yigitlardan keyin Liga 1'ning eng keksa futbolchilari ro‘yxatida "Renn" darvozaboni Stiv Mandanda va "Ayachcho" vingeri Riyod Nuri bor. Har ikki futbolchi ham 37 yoshda.

Yuqorida nomi qayd etilgan futbolchilar ikki-uch yil ichida faoliyatini yakunlashi, deyarli aniq. Lekin nima bo‘lgan taqdirda ularning ko‘pchiligi o‘z nomini futbol tarixiga yozishga ulgirishdi.

Kiritildi: 17:33, 22.10.2022.
O'qildi: 3558 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.