Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

Levagoldan benazir javob

Levagoldan benazir javob

Baho:
+ | -

Kecha Fransiya poytaxti - Parijda «Oltin to‘p»-2022 taqdimot-taqdirlash gala-kechasi o‘tkazildi.

Marosimdan oldin «Barselona»ning polshalik goleadori Robert Levandovskini oddiygina savolga tutishdi: «Benzemada futbol olamidagi asosiy individual sovrinni yutish imkoniyati qanday?» Levagol bunga dohiyono va benazir javob berdi.

Ha, hayot charxpalagi juda tez aylanmoqda. Kechagina 2022 yilni qarshi olgandik, bugun esa «Oltin to‘p»-2022 sohibi ma’lum. Aksariyat mutaxassislar Parijdagi taqdirlash marosimidan ancha oldin bu safar sovrin «Real» hujumchisi Karim Benzemaga topshirilishiga ishonch bildirishdi. Har holda, fransiyalik futbolchi mavsumni o‘ta ta’sirli o‘tkazdi va chindan ham, mukofotga loyiqligini to‘liq isbotladi.

Benzemaning ampluadoshi, gol urishda undan qolishmaydigan Robert Levandovski ham marosimdan avval «Oltin to‘p» fransiyalikka nasib etishini baralla ta’kidladi. Polyakning bu boradagi savolga javobini oltin sitatalar jamg‘armasiga kiritib qo‘yish mumkin: «Ha, Benzema «Oltin to‘p»ga yaqqol da’vogar. Aynan u oladi, to‘g‘ri, agar sovrinni bekor qilishmasa, albatta». Gap shundaki, 2020 yili «Oltin to‘p» Robert­ga berilishi bashorat qilingan va kutilgandi. O‘shanda polshalik hujumchi «Bavariya»ning «trebl» qayd etishida bosh rolni bajargandi. Qisqasi, nufuzli sovrin aynan Levagol mulkiga aylanishiga hech kimda zarracha shubha yo‘q edi, biroq France Football nashri koronavirus fonida kutilmaganda, «Oltin to‘p» marosimini bekor qildi va sovrin egasiz qoldi, Levagol «to‘p»siz... Keyingi mavsum esa «Oltin to‘p» yana Lionel Messiga ravo ko‘rildi va bu ko‘plab bahs-munozaralarga yo‘l ochdi. 

Aytgancha, Levandovskining o‘zi ham Parijdagi marosimda qatnashib, Gerd Myuller nomidagi sovrinni qabul qilib oldi. Bu mukofot mavsum davomida klubi va terma jamoa­si uchun eng ko‘p gol urgan futbolchiga beriladi. 34 yoshli Levandovski yakunlagan mavsum «Bavariya» klubi va Polsha terma jamoasi safida jami 57ta gol urganini aytish joiz.

Futbol tarixida atigi 8 nafar futbolchi «oltin xet-trik»ka erishgan. Ya’ni Bobbi Charlton (Angliya), Gerd Myuller (Germaniya), Frans Bekkenbauer (Germaniya), Paulo Rossi (Italiya), Zayniddin Zidan (Fransiya), Rivaldo (Braziliya), Ronaldinyo (Braziliya) va Kaka (Braziliya) 2ta yirik turnir (JCH va CHL)da g‘alaba qozonish barobarida «Oltin to‘p»ni ham boshlari uzra baland ko‘tarishgan. Ha, bu elit ro‘yxatda na Lionel Messi va na Krishtianu Ronaldu bor. Karim Benzema ham bo‘lmasligi aniq, kamida Qatar-2022 finishiga qadar...

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 09:03, 23.10.2022.
O'qildi: 3871 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.