Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/08 00:30 Elche 0-5 Barselona
24/08 19:00 Qo‘qon-1912 1-1 Buxoro
24/08 22:30 Osasuna 0-0 Levante
25/08 00:00 Fulhem 2-3 Chelsi
25/08 00:30 Malaga 1-1 Deportivo
25/08 19:00 Surxon 0-0 OKMK
25/08 19:00 Andijon 1-0 Xorazm
25/08 20:00 Dinamo 1-1 Paxtakor
26/08 00:00 Valensiya - Betis
26/08 19:00 Lokomotiv - Bunyodkor
26/08 19:00 Mash’al - Navbahor
26/08 20:00 Qizilqum - Nasaf
27/08 00:00 Real Madrid - Real Sosyedad

Superliga. "Surxon" - "Qizilqum". Prevyu

Superliga. "Surxon" - "Qizilqum". Prevyu

Baho:
+ | -

Superligada 23-tur uchrashuvlari davom etadi.

"Surxon"ning navbatdagi raqibi — Navoiyning “Qizilqum” jamoasi.

“Qizilqum” bu mavsumda juda yaxshi o‘yin namoyish etmoqda. Navoiyliklar joriy mavsum liderlar qatoridan joy olgan. Ayni vaqtda jamoa 35 ochko bilan 5-o‘rinda. Jamoa hisobida 11 ta g‘alaba, 2 ta durang va 9 ta mag‘lubiyat mavjud. Jamoani serbiyalik mutaxassis Nikola Lazerevich boshqarib bormoqda.

O‘zaro uchrashuvlar tarixi

Birinchi davra o‘yini Superliganing 10-tur doirasida bo‘lib o‘tgan. Unda navoiyliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozongan. Gollarga Pol Komolafe hamda Temurxo‘ja Abduxoliqovlar mualliklik qilgan. Jamoalar o‘zaro 17 marta to‘qnash kelgan, shundan 8 ta g‘alaba “Surxon” hisobida. Shuningdek, 5 ta g‘alaba “Qizilqum”da va 4 ta durang natija qayd etilgan. To‘plar nisbati — 19:16, "Surxon" foydasiga.

Fakt: E’tiborli jihati shuki, navoiyliklar o‘z tarixlarida Superliga doirasida “Surxon”ga qarshi safar o‘yinida g‘g‘alaba qozona olmagan. Jami 8 ta o‘yinning 6 tasida termizliklarning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, yana 2 ta o‘yin durang bilan yakunlangan.

“Surxon”da nima gap?

So‘nggi 4 ta turda jamoa mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda. Umumiy natijalarda so‘nggi 4 ta turda “Nasaf” kabi ko‘rsatkichlar a’lo darajada. Ya’ni, jamoa hisobida 3 ta g‘alaba va 1 ta durang bor.

Uchrashuv ertaga 18:30 da Olmaliqning OKMK sport majmuasida bo‘lib o‘tadi.

Manba: "Сурхон" матбуот хизмати
Kiritildi: 12:05, 24.10.2022.
O'qildi: 1151 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик