Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/12 00:45 Atalanta 0-1 Inter
30/12 00:45 Roma 3-1 Jenoa
31/12 00:30 Byornli - Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi - Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest - Everton
31/12 00:30 Vest Xem - Brayton
31/12 01:15 Arsenal - Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted - Vulverhempton

"Chelsi" bu transfer borasida muzokaralarni davom ettirmoqda

"Chelsi" bu transfer borasida muzokaralarni davom ettirmoqda

Baho:
+ | -

Londonning “Chelsi” klubi Moskvaning “Dinamo” klubi yarim himoyachisi Arsen Zaxaryanga qiziqish bildirmoqda va uning transferi bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda, deb xabar beradi Evening Standard.

Xabarlarga ko‘ra, "Chelsi" yanvar oyidagi transfer oynasida shartnomani yopishga tayyor, biroq muzokaralar jarayoni Rossiya iqtisodiyotiga kiritilgan sanksiyalar tufayli murakkablashdi.

Shuningdek, futbolchining o‘zi ham London klubiga o‘tishdan manfaatdor ekanligi va yaqin oylarda sanksiyalarni yumshatishga umid qilayotgani qayd etilgan. Bundan tashqari, Zaxaryan Rossiya fuqaroligini armanistonga o‘zgartirish bo‘yicha muzokaralar olib borayotgani haqida mish-mishlar yuribdi, biroq Armaniston futbol federasiyasi bu ma’lumotni rad etmoqda.

Yozgi transfer oynasida "Dinamo" va "Chelsi" 19 yoshli futbolchining transferi bo‘yicha kelishuvga erishgan edi, biroq kelishuv yakunlanmay qolgan.

Joriy mavsumda Zaxaryan RPL va Rossiya kubogida 17 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 13:40, 24.10.2022.
O'qildi: 1842 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.