Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Chelsi" hali Alvaresdan umidini uzgani yo‘q

"Chelsi" hali Alvaresdan umidini uzgani yo‘q

Baho:
+ | -

Amsterdamning “Ayaks” klubi yarim himoyachisi Edson Alvares haliyam “Chelsi”ning qiziqishlari doirasida.

Eslatib o‘tamiz, "ko‘klar" yozgi transfer oynasining so‘nggi kunlarida meksikalik futbolchini qo‘lga kiritishni istashdi, ammo "Ayaks" o‘z futbolchisini qo‘yib yubormadi.

Jurnalist Fabrisio Romanoning fikricha, "Chelsi" qishda yana Alvaresni "Ayaks"dan sotib olishga urinib ko‘radi. Muvaffaqiyatga erishish imkoniyati yozdagiga qaraganda ancha yuqori, ammo Amsterdam klubi meksikalikni mavsum oxirigacha saqlab qolish niyatida.

Avvalroq Alvaresga "Barselona" ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi, biroq ispan klubi futbolchining transferi bilan kelasi yozda shug‘ullanmoqchi.

Kiritildi: 12:25, 25.10.2022.
O'qildi: 1661 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.