Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko
14/09 18:45 Neftchi 1-0 Al-Quva al-Javiya
14/09 21:00 Shabab al-Ahli 1-0 Traktor
14/09 21:00 Ash-Shamol 1-1 Al-Ittihod
14/09 21:30 Komo 2-1 Parma
14/09 21:30 Torino 0-2 Roma
14/09 23:15 Al-Ahli (SA) 1-1 Paxtakor
14/09 23:15 Al-Qodisiya 2-1 Al-Vasl
14/09 23:15 Istiqlol 3-0 As-Sadd
14/09 23:45 Inter 5-3 Udineze
15/09 00:00 Vilyarreal 1-2 Betis
15/09 00:00 Lids 4-1 Nyukasl
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen 1-0 Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka 4-1 Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers 7-1 Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi 4-6 Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan 3-1 Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim 1-1 Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn - An-Nasr (SA)
15/09 23:15 Al-Hilol - Al-G‘arafa
16/09 15:00 Chonbuk Motors - Kashiva Reysol
16/09 17:15 Port - Vissel Kobe

Ro‘ziqul Berdiyev «Nasaf»ning chempion bo‘lishiga ishonmoqda (video)

Ro‘ziqul Berdiyev «Nasaf»ning chempion bo‘lishiga ishonmoqda (video)

Baho:
+ | -

"Nasaf" bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev Superliganing 23-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Bunyodkor"ga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

"O‘yinning oxiri juda alamli bo‘ldi. G‘alabaga yaqin edik. Afsuski, vaziyatlardan ham foydalana olmadik, penaltini ham noaniq bajardik. Albatta, bu alamli. Bugun yo‘qotilgan 2 ochko bizga juda zarur edi.

O‘zi oxirgi 3ta o‘yinning birinchi bo‘limida juda sust harakat qilyapmiz. Ustiga ustak, AGMK, "Qizilqum"ga qarshi va bugungi uchrashuvda ham birinchi bo‘limni yomon o‘tkazib, ikkinchi bo‘limda vaziyatni o‘zgartirishga harakat qildik.

"Bunyodkor" bugun yaxshi himoyalanib, e’tiborini qarshi hujumga qaratdi. Biz esa g‘alaba uchun juda ham ko‘p vaziyatlar yarata oldik. Ammo ulardan foydalana olmadik. Raqibni ham tushunish mumkin, ular bizning ochko yo‘qotishimiz uchun harakat qilishyapti.

Hali hammasi o‘z qo‘limizda, oxirigacha kurashamiz va o‘z maqsadimizga erishamiz. Bizda imkoniyat yaxshi. Buni qo‘ldan qo‘ldan chiqarmasligimiz kerak.

Husayn Norchayev jarohat olgani uchun uni almashtirishga majbur bo‘ldim. Shifokorlarning aytishicha, uning jarohati jiddiy emas, yelkasidan lat yepti. Keyingi bahsgacha u tayyor bo‘ladi.

Bizda odatda penaltini Husayn ko‘proq amalga oshirardi. Marko esa tajribali o‘yinchi sifatida mas’uliyatni o‘z zimmasiga oldi. Bugungi durang natija ayb faqat Markoda emas. O‘tkazib yuborilgan golda himoyachilarning aybi bor, vaziyatlardan foydalanishda hujumchilar pand berishdi.

30 oktyabr kuni bizni O‘zbekiston kubogi final o‘yini kutib turibdi. Biz bugundanoq bu o‘yinga tayyorgarlikni boshladik. Bekorga finalgacha yetib kelmaganimizni isbotlashga urinamiz. Kubokni qo‘lga kiritish maqsadimiz bor. "Navbahor" safida tajribali futbolchilar ko‘p. Bu eng tartibli jamoa hisoblanadi. Ikki jamoa finalda munosib o‘yin ko‘rsatadi, deb o‘ylayman", — dedi Ro‘ziqul Berdiyev.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:14, 25.10.2022.
O'qildi: 12550 marta.
Fikrlar: 16 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик