Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Luisma Ernandes: «Neftchi»ning ikkinchi davradagi o‘yinlarini e’tirof etish kerak»

Luisma Ernandes: «Neftchi»ning ikkinchi davradagi o‘yinlarini e’tirof etish kerak»

Baho:
+ | -

Superliga 23-turidan o‘rin olgan «Metallurg» – «Neftchi» (1:0) o‘yinidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi jamoasi nima evaziga g‘alaba qozongani, «Neftchi»ning ikkinchi davradagi o‘yini va Muhammadali Aliqulovning jarohati haqida gapirdi.

«Raqib yaxshi shakllangan va rejali o‘yin namoyish etishini bilar edik. Bugun to‘p bilan muomala qilishda raqibdan ustunlik qildik va bu bizning g‘alabamiz garovi bo‘ldi.

Oldingi aytgan so‘zlarimning isboti bo‘ldiki, yoshlar bilan o‘ynash doim yaxshi natija beradi. «Neftchi»ning ikkinchi davradagi o‘yinlarini e’tirof etish kerak. Jamoa ikkinchi davrada natijaga erishayapti. Qolaversa, ular safida birinchi davrada bizda o‘ynagan futbolchilar o‘ynadi va ularni alohida tabriklayman.

Muhammadali Aliqulov biroz jarohat olgan, shu bois, uning pozisiyasida bugun Ibrohim o‘ynadi. Umuman, bugun maydonga tushgan barcha futbolchilar yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi.

Barchaga gol urgan o‘yinchi boshqacha ko‘rinadi. Bektemir bugun rostdan ham yaxshi o‘ynadi. Ammo, boshqalarni ham e’tirof etish kerak», - dedi Ernandes.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 08:35, 26.10.2022.
O'qildi: 1018 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик