Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/12 01:00 Valensiya - Malyorka
20/12 17:30 Nyukasl - Chelsi
20/12 18:00 Real Ovyedo - Selta
20/12 20:00 Bornmut - Byornli
20/12 20:00 Brayton - Sanderlend
20/12 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
20/12 20:00 Vulverhempton - Brentford
20/12 20:15 Levante - Real Sosyedad
20/12 22:00 Lasio - Cremonese
20/12 22:30 Osasuna - Alaves
20/12 22:30 Tottenhem - Liverpul

TFA "Lokomotiv" tasarrufiga o‘tdi, har ikki tomon o‘rtasida memorandum imzolandi

TFA "Lokomotiv" tasarrufiga o‘tdi, har ikki tomon o‘rtasida memorandum imzolandi

Baho:
+ | -

Yosh iqtidor egalarini tarbiyalab, shu orqali o‘zbek futboli rivojiga hissa qo‘shishni maqsad qilgan Toshkent shahar futbol akademiyasi (TFA) "Lokomotiv" PFK tasarrufiga o‘tdi.

Bugun TFA rahbari Iskandar Anarkulov klubimiz ofisiga tashrif buyurib, "Lokomotiv" PFK bosh direktor o‘rinbosari To‘labek Akramov bilan uchrashdi va mazkur uchrashuv samarasi o‘laroq har ikki tomon o‘rtasida memorandum imzolandi.

"Bu nima degani? Endilikda Toshkent shahar futbol akademiyasidan yetishib chiqadigan yoshlar birinchi navbatda "Lokomotiv" ko‘rigida bo‘lib, eng iqtidorlilar "temiryo‘lchilar" safiga qabul qilinadi. Bu orqali yosh futbolchilar "Lokomotiv" futbol klubida faoliyatni davom ettirish imkoniga ega bo‘lishadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyevning 04.12.2019 yildagi PF-5887-sonli "O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoniga ko‘ra, futbol akademiyalarning zamonaviy usulda ish olib borishi hamda professional futbol klublari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi alohida belgilab qo‘yilgan.

Shuni inobatga olgan holda Toshkent shahar futbol akademiyasining "Lokomotiv" PFK tasarrufiga o‘tganini har ikki tomon uchun foydali tanlov desa bo‘ladi. O‘zbek futbolida "Lokomotiv" klubining o‘z o‘rni borligini e’tiborga olsak, juda ko‘pchilik yoshlar aynan shu jamoa safida to‘p tepishni xohlaydi. Tomonlar o‘rtasida tuzilgan memorandum esa yoshlarning keyinchalik katta klubda faoliyat olib borishiga imkon beradi.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda "Lokomotiv" PFKga qarashli "Lokomotiv" bolalar va o‘smirlar maktabi bilan bir qatorda poytaxtimizning Chilonzor" tumanida "Lokomotiv Kids", Sergeli tumanida "Lokomotiv Smart" filiallari ham faoliyat yuritmoqda. Birgina "Lokomotiv" futbol maktabining o‘zida 600 nafarga yaqin bolalar va o‘smirlar futbol sir-asrorlarini o‘rganmoqda.

"Lokomotiv" PFK shuningdek, iqtidorlarga boy Odil Ahmedov futbol akademiyasi bilan ham o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Yana bir yangilik shuki, joriy yil yakuniga qadar Yashnobod tumanida joylashgan TAPOiCh stadioni to‘liq ta’mirdan chiqarilib, "Lokomotiv" PFKga topshiriladi hamda ushbu stadiondan maktabimiz tarbiyalanuvchilari foydalanadi" - dedi Akramov.

Kiritildi: 20:34, 27.10.2022.
O'qildi: 1883 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.