Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/10 15:35 Yaponiya - Avstraliya
15/10 16:00 Janubiy Koreya - Iroq
15/10 17:00 Xitoy - Indoneziya
15/10 19:00 O‘zbekiston - BAA
15/10 19:00 Qirg‘iziston - KXDR
15/10 21:00 Eron - Qatar
15/10 21:00 Iordaniya - Ummon
15/10 21:00 Falastin - Kuvayt
15/10 23:00 Saudiya Arabistoni - Bahrayn
16/10 01:30 Kolumbiya - Chili
16/10 04:00 Paragvay - Venesuela
16/10 04:30 Urugvay - Ekvador
16/10 05:00 Argentina - Boliviya
16/10 05:45 Braziliya - Peru

“Napoli”ning yorqin o‘yin formulasi qanday yuzaga keldi?

“Napoli”ning yorqin o‘yin formulasi qanday yuzaga keldi?

Baho:
+ | -

O‘tgan yozda "Napoli" bu mavsumda nimagadir da’vo qiladigan jamoa sifatida qaralmadi. Neapolliklarni Lorenso InsinYE, asosiy himoyachi Kalidu Kulibali, muhim yarim himoyachi Fabian Ruis va klub tarixidagi eng yaxshi to‘purar Dris Mertens tark etdi.

Belgiyalikning o‘rnini Viktor Osimxen egallardi, ammo boshqa pozisiyalar haqida savollar bor edi. Biroq, “adzurrilar” o‘tgan yozda transfer bozorida yaxshi ish qilishdi.

Insine o‘rniga "Napoli" Batumining "Dinamo"sidan vinger Xvicha Kvarasxeliyani qo‘lga kiritdi. Transfer summasi 10 million yevroni tashkil etdi.

Senegallik o‘rniga Kim Min Chje maydonga tushdi va u darhol asosiy tarkibda futbolchiga aylandi. Koreyalik uchun “adzurri” 18 million yevro to‘lashdi. Bundan tashqari, “Napoli” “Xetafe”dan himoyachi Matias Oliveyrani 11 million yevroga, “Fulxem”dan yarim himoyachi Andrea Zambo Anguissani 15 million yevroga sotib oldi.

Neapolliklar yuqoridagi barcha transferlardan tashqari hujumchilar Jovanni Simeone va Jakomo Raspadorilarni ijaraga olishgan. “Adzurri”ning sport direktori Krishtianu Jiuntoli o‘tgan yozda a’lo darajada ishladi. Funksioner shartnoma imzolagan futbolchilarning har birida motivasiya yuqori.

Motivasiya haqida gap ketganda bu Neapoldagi barcha futbolchilarga tegishli. Natijada jamoa A Seriya turnir jadvalida birinchi o‘rinni egallab turibdi."Napoli" "Real Madrid" va "PSJ" bilan birga Yevropaning kuchli uch jamoalari qatoridan joy oldi. Ularning barchasi milliy chempionatda shu paytgacha biror o‘yinda mag‘lubiyatga uchramagan.

Hozirda neapolliklar barcha musobaqalarda ketma-ket 11 ta g‘alabaga erishmoqda. Bu ularning 1987 yildan beri mavsumdagi eng yaxshi starti. Chempionlar ligasida “adzurrilar” muddatidan avval pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritib, qiyin raqiblar "Liverpul" va "Ayaks"ni ortda qoldirdi. Boz ustiga, “Napoli” ularning har birini yirik hisobda mag‘lub etdi.

Italiya chempionatida neapolliklar nafaqat turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Masalan, jamoa A Seriyadagi eng yaxshi hujumga ega. Milliy chempionatda eng ko‘p gol urgan "Napoli" - har bir o‘yinda o‘rtacha 2,36 gol. Neapolliklar darvozaga eng ko‘p zarba berishgan (hozirda 72 ta zarba). Bu ko‘rsatkichga ko‘ra, ular "Inter" (62 ta zarba) va "Milan" (57) qarshisida eng yaqin ta’qibchilaridan jiddiy oldinda.

“Napoli” futbolchilari havoda yaxshi o‘ynashadi va ikkinchi qavatda allaqachon 7 ta gol urishga muvaffaq bo‘lishdi. Bu "Udineze" bilan birga Italiya chempionatidagi eng yaxshi ko‘rsatkich.

Neapolliklarda bitta qahramon yo‘q – butun jamoa ishlamoqda. Garchi, Xvicha umumiy fonda ajralib turgan bo‘lsa-da. Yangi kelgan futbolchi “adzurrilar”ga tezda moslashib oldi va bu mavsumda ularning eng yaxshi to‘purari bo‘lib turibdi. Shu kungacha 21 yoshli vinger barcha musobaqalarda 15 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol va 8 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Uning hisobida A Seriyada 5 ta gol bor. Xuddi shu miqdordagi gollarni Italiyada ancha vaqtdan beri o‘ynayotgan Rafael Leau va Paulo Dibala kiritgan.

Xvicha maqtovga sazovor bo‘lgan yagona "Napoli" futbolchisi emas. Kulibalini almashtirgan o‘sha Kim Min Chje ham tezda neapolliklar uchun muhim o‘yinchiga aylandi. Klub milliy chempionatda bor yo‘g‘i 9 ta gol o‘tkazib yuborganida ham uning xizmatlari bor. Bu A Seriyadagi 4-eng yaxshi ko‘rsatkich. "Napoli"ning yana bir himoyachisi Mario Rui Piotr Ziyelinski bilan birga Italiya chempionatining eng yaxshi assistentlaridan. Har ikki futbolchida 4 tadan golli uzatma bor.

Yarim himoya neapolliklarning yana bir kuchli bo‘g‘ini hisoblanadi. Ziyelinski, Angissa va Stanislav Lobotkalar jamoaga katta foyda keltirmoqda. Lobotka yaxshi pas uzatuvchi. Slovakiyalik paslarining aniqlik ko‘rsatkichi 94,9 foiziga teng. “Napoli” yaxshi, muvozanatli tarkibga ega. Lekin eng muhimi, butun jamoa, jumladan, bosh murabbiy ham motivasiyaga to‘la.

Spaletti Italiyada hurmatga sazovor mutaxassis, lekin u hech qachon skudettoni yuta olmagan, garchi u ikki marta A Seriyada yilning eng yaxshi murabbiyi deb topilgan bo‘lsa-da. Va “adzurrilar”ning hech biri ko‘p sovrinlar bilan maqtana olmaydi. Neapolliklar uchun chempionlik unvoni katta muvaffaqiyat bo‘lardi. Jamoa oxirgi marta 1990 yilda Skudettoni qo‘lga kiritgan. Uchinchi unvonni olish vaqti keldi.

Kiritildi: 11:16, 28.10.2022.
O'qildi: 2299 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.