Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao
28/08 22:00 Rasing 3-2 Elche
28/08 23:45 Milan 2-0 Venetsiya
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 16:30 Liverpul - Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon - Guliston
29/08 19:00 Neftchi - Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut - Everton
29/08 19:00 Koventri Siti - Xall Siti
29/08 20:00 Levante - Betis
29/08 21:30 Tottenhem - Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina - Frozinone
29/08 21:30 Monsa - Udineze
29/08 21:30 Sassuolo - Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad - Espanyol
29/08 23:45 Yuventus - Parma
30/08 00:30 Sevilya - Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa

Oleg Korniyenko: «Bu kunni biz yil davomida kutib yashadik»

Oleg Korniyenko: «Bu kunni biz yil davomida kutib yashadik»

Baho:
+ | -

“Andijon” – “Mash’al” (4:2) o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin tashkil qilingan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar yordamchi murabbiyi Oleg Korniyenko qatnashdi.

— Dastlab Andijon viloyatini, xalqini bugungi muhim g‘alaba bilan tabriklayman. Bu kunni biz yil davomida kutib yashadik va mana shu kunga yetib keldik. Hammasi uchun muxlislarga, Andijon xalqiga rahmat. Barchamizni yaqinlarimiz, qarindoshlarimiz g‘alaba bilan tabriklashyapti. O‘yin biz uchun asabiy boshlandi. 4:2 – bu muxlislar uchun yoqimli hisob deb o‘ylayman. Bizda intriga kuchli edi. Lekin shunday bo‘lsa-da, o‘zimizning xatolarimiz tufayli ikkita gol o‘tkazib yubordik. Jamoamiz xarakter ko‘rsata oldi. Buni avval ham aytganman va hozir ham ayta olaman. Yana bir bor hammani g‘alaba bilan tabriklayman. Shu bilan birga yana 3-4 ta golli imkoniyatlardan ham foydalana olmadik. Birinchi bo‘limni o‘zida o‘sha gollarni urishimiz kerak edi.

— Butun Andijon xalqi nomidan jamoani g‘alaba bilan tabriklaymiz. Bugun yaxshi o‘yin bo‘ldi. Ammo jamoa o‘yinida individual xatolar ko‘zga tashlandi. Masalan, darvozabon...
— Ikkita o‘yinda ham darvozabonlarimiz xatolikka yo‘l qo‘ydi. To‘g‘ri, endi o‘rtada qisqa tanaffus bor va ular xato va kamchiliklarini to‘g‘rilab keyingi bahsga shay holatda bo‘ladilar, deb o‘ylayman. Albatta, bu vaziyatlarni biz murabbiylar shtabi ko‘rib, tahlil qilib chiqamiz. Ushbu uchrashuvda yutishimiz kerak edi, tamom. Bugun g‘alaba qozonishimiz kerakligini barcha yaxshi tushunib turgandi. Asosiysi, bugungi o‘yinda g‘alaba qozondik. Bitta xato bo‘ldi, ammo qolganlar uning o‘rnini bosib ketdi. Haqiqiy jamoa bo‘lib shakllangandik. Bir-birini maydonda ham qo‘llab-quvvatlashlarini ko‘rsatishdi. Xarakterli, yutishni yaxshi ko‘radigan va yutqazishni yomon ko‘radigan jamoaga aylandik. Bu yakunda o‘z natijasini ko‘rsatdi. 90+4-daqiqagacha tinmay harakat qildik va bu o‘z samarasini berdi.

— O‘yinda asosiy ko‘rsatmalarni siz berib turdingiz. Bosh murabbiy Viktor Kumikovning yo‘qligi bilinmadimi?
— Albatta, bosh murabbiysiz ancha qiyin bo‘ldi. Nima ham derdik, yana bitta o‘yinda sabr qilamiz va barchasi o‘z o‘rniga tushadi. Bosh murabbiyning o‘z o‘rnida emas, balki tribunadan turib joy kuydirib turganini jamoa a’zolari juda yaxshi his qilib turdilar. Shunga yarasha yetarlicha harakat qilishni o‘zlari ham aytgandilar va o‘z so‘zining ustidan chiqishdi.

“Andijon” matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 20:22, 28.10.2022.
O'qildi: 1299 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик