“Palmeyras”ning braziliyalik 16 yoshli hujumchisi Endrik uchun kurashga Yevropaning top-klublari qo‘shildi.
Ispaniya matbuoti xabariga ko‘ra, "PSJ" hujumchi uchun 20 million yevro taklif qilgan, biroq Braziliya klubi ikki barobar ko‘p pul olmoqchi.
Futbolchiga "Real" ham qiziqish bildirmoqda, u yaqin kunlarda taklif bilan chiqadi.
Qizig‘i, hujumchining Braziliya klubi bilan shartnomasida tovon puli 60 million yevroni tashkil etadi.