Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi yaqinlashib kelayotgan qishki transfer oynasida o‘ng qanot himoya pozisiyasini kuchaytirmoqchi.
The Mirror nashriga ko‘ra, mankunianliklar Aaron Van-Bissakani sotib, uning o‘rnini yangi futbolchi bilan to‘ldirmoqchi. 24 yoshli angliyalik Ten Xagda yaxshi taassurot qoldira olmagan.
Transfermarkt Van-Bissakani 18 million yevroga baholagan. Uning amaldagi shartnomasi 2024 yilgacha tuzilgan.













