Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor 3-1 OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum 0-2 Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

"Barselona" qishda Messini ortga qaytarmoqchi

"Barselona" qishda Messini ortga qaytarmoqchi

Baho:
+ | -

 Diaro Sport xabariga ko‘ra, Kataloniya klubi qishki transfer oynasida La Liganing 1/1 qoidasidan foydalangan holda yangi futbolchilarni qo‘lga kiritish imkoniyatidan foydalanmoqchi. Iqtisodiy dastaklar faollashtirilgandan so‘ng, «Barselona»dan moliyaviy cheklovlar olib tashlandi - agar ilgari unga nisbatan 1/4 qoidasi qo‘llanilgan bo‘lsa, yozdan boshlab klub 1/1 qoidasiga bo‘ysunadi (har bir ishlagan yevroni sarflashi mumkin).

Kelgusi yozdan boshlab 1/4 qoidasi yana «Barselona»ga tatbiq etiladi, bu esa Messining transferini deyarli imkonsiz qiladi, shuning uchun «ko‘k-anorranglilar» prezidenti Joan Laporta argentinalikni qishda qo‘lga kiritmoqchi.

Bir necha sabablarga ko‘ra kelishuv tuzish qiyin bo‘ladi: birinchidan, "PSJ" mavsum o‘rtasida Messi bilan xayrlashmoqchi emas, ikkinchidan, klublar o‘rtasida keskin munosabatlar mavjud, shuning uchun parijliklar bu masalada «Barselona» bilan kelishib olishi dargumon. uchinchidan, endi Leo bor e’tiborini «PSJ»ning maqsadlari va 2022 yilgi jahon chempionatiga qaratgan.

Bu barcha dalillarni hisobga olsak, Laporta va «Barselona» direktori Mateu Alemani rejalashtirayotgan kelishuv imkonsizdek tuyuladi.

Ayni damda «Barsa» Messi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqaga chiqmagan. Bu barcha tomonlar tomonidan tasdiqlangan. Laporta tomonidagi vositachilar aloqa o‘rnatishga harakat qilishdi, ammo na Messi, na PSJ prezidenti Nosir Al-Xelayfiy aloqaga chiqmadi.

Laporta "Oltin to‘p" uchun Parijga uchib borgan va Fransiyada bo‘lganida Messi bilan uchrashishni xohlagan, ammo uchrashuv amalga oshmagan.

35 yoshli hujumchi joriy mavsumda «PSJ» safida barcha turnirlarda 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: www.sports.ru
Kiritildi: 14:27, 29.10.2022.
O'qildi: 6291 marta.
Fikrlar: 16 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик