Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi 2-1 Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al 0-1 Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor 4-2 Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona - Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 - Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 14:18 Herta 2-0 Ayntraxt Braunshveyg
20/04 14:18 Volfsburg 2-2 Frayburg
20/04 14:18 Mayns 2-0 Nyurnberg
20/04 14:18 Bavariya 5-2 Verder
20/04 14:18 Hoffenhaym 0-0 Ayntraxt F
20/04 14:21 Bayer 2-2 Borussiya D
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem

Legionerlarimiz: Bobur jim va «BGU» mag‘lub...

Legionerlarimiz: Bobur jim va «BGU» mag‘lub...

Baho:
+ | -

Rossiya. «Torpedo» RPL 15-turida «Spartak» mehmoni bo‘lib, ortga 0:1 hisobidagi mag‘lubiyat bilan qaytdi. Jamoa yarim himoya­chisi Hojimat Erkinov bu safar o‘yinga 34-daqiqada qo‘shildi.

«Pari NN» esa Samarada Ibrohimxalil Yo‘ldoshevsiz o‘ynab, o‘ta alamli tarzda yengildi. Ya’ni «Krilya Sovetov» 90+2 va 90+9-daqiqalarda urilgan gollar evaziga mag‘lubiyatni g‘alabaga almashtirdi - 2:1.

Qozog‘iston. «Ordabasi» QPL 25-turida chempionlik uchun kurashayotgan «Aktobe» bilan kuch sinashdi va 0:2 hisobida yutqaza turib, yakunda durangga erishdi - 2:2. Shimkent klubi himoyachisi Odil Abdumajidov to‘liq vaqt to‘p surgan bo‘lsa, yarim himoyachi Shahboz Umarov atigi 77-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. qozog‘iston chempionati. Igor Sergeev to‘liq harakat qilgan uchrashuvda «Tobol» - «Taraz» o‘yini esa 2:0 hisobida yakunlandi. Igor Sergeev jamoasining bu g‘alabasiga 90 daqiqalik faol harakati bilan hissa qo‘shdi.

BAA. Aziz G‘aniyev 75-daqiqada uzoq masofadan urgan chiroyli goli bilan «Shabab Al-Ahli»ga g‘alaba keltirdi. Gap BAA Pro-ligasi 8-turidan o‘rin olgan «Al-Ayn»ga qarshi o‘yin haqida ketmoqda. Aytish joiz, hisobni 2:1ga yetkazgan hamyurtimiz maydonga zaxiradan tushgandi. 

Turkiya. Otabek Shukurov to‘liq vaqt to‘p surgan o‘yinda uning jamoasi «Fotih Qorag­yumryuk» o‘z maydonida «Galatasaroy»ga bas kelolmadi - 0:2. «Fotih» shu mag‘lubiyatdan keyin Superliga turnir jadvalida 12-o‘ringa tushdi. Hamyurtimiz jamoasi hisobida 12 turdan keyin 12 ochko bor.

Italiya. Eldor Shomurodov «Roma»ning YEL guruh bosqichi 5-turidan o‘rin olgan XIK klubiga qarshi o‘yini 77-daqiqada maydonga tushdi. Terma jamoamiz qisqa vaqtda o‘zini ko‘rsatishga urindi, ammo maydonni samarali harakatsiz tark etdi. Muhimi, rimliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, «pley-off»ga chiqish imkoniyatini ancha yaxshilab olishdi. Joze Mourinyo jamoasi «A» seriyada esa tur o‘yinini kecha safarda «Verona» bilan o‘tkazdi.

Belarus. «Energetik-BGU» chempionlik uchun kurash yo‘lidagi muhim pallada o‘z maydonida BATEga yutqazib qo‘ydi. 0:2 hisobi qayd etilgan bahsda «talabalar» safidagi himoyachi Abduqodir Husanov va hujumchi Bobur Abduxoliqov to‘liq 90 daqiqa to‘p surishdi. Husanov 89-daqiqada sariq kartochka ham oldi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 21:07, 01.11.2022.
O'qildi: 2362 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик