Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand 1-0 Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt 7-2 Livan
31/01 17:00 Indoneziya 1-1 Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston 3-2 Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo 1-0 Jirona
31/01 19:00 Piza 1-3 Sassuolo
31/01 20:00 Lids 0-4 Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton 0-2 Bornmut
31/01 20:00 Brayton 1-1 Everton
31/01 20:15 Osasuna 2-2 Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli 2-1 Fiorentina
31/01 22:30 Levante 0-0 Atletiko
31/01 22:30 Chelsi 3-2 Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari 4-0 Verona
01/02 01:00 Elche 1-3 Barselona
01/02 01:00 Liverpul 4-1 Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya 2-1 O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston 0-1 Avstraliya
01/02 16:30 Torino - Lechche
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya
01/02 18:00 Real Madrid - Rayo Valyekano
01/02 19:00 Komo - Atalanta
01/02 19:00 Man. Yunayted - Fulhem
01/02 19:00 Nottingem Forest - Kristal Pelas
01/02 19:00 Aston Villa - Brentford
01/02 20:15 Betis - Valensiya
01/02 21:30 Tottenhem - Manchester Siti
01/02 22:00 Cremonese - Inter
01/02 22:30 Xetafe - Selta
02/02 00:45 Parma - Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad

Ja’far Irismetov: «O‘zbekistonda RPL klublarini kuchaytirishi mumkin bo‘lgan yaxshi futbolchilar ko‘p»

Ja’far Irismetov: «O‘zbekistonda RPL klublarini kuchaytirishi mumkin bo‘lgan yaxshi futbolchilar ko‘p»

Baho:
+ | -

O‘zbek futboli tarixida mohir to‘purar sifatida iz qoldirgan Ja’far Irismetovni Rossiya futbol jamoatchiligi ham yaxshi taniydi. U futbolchilik faoliyati davomida yurtimizdan tashqari Gresiya, Rossiya, Belarus, Ukraina, Qozog‘iston, Xitoy chempionatlarida to‘p tepgan, O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston chempionatlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan. Uch karra O‘zbekiston va ikki karra Qozog‘iston yuqori divizioni to‘purarligini qo‘lga kiritgan.

Rossiyaning metaratings.ru sayti intervyu uyushtirib, Ja’far Irismetovdan premyer-ligada o‘ynayotgan o‘zbekistonlik legionerlar va mamlakatimiz ichki chempionatida o‘zini ko‘rsatib kelayotgan o‘yinchilar haqida so‘radi.

— O‘zbek futbolchilarining Rossiya chempionatidagi o‘yini va natijalarini kuzatib boryapsizmi? “Torpedo” va “Pari Nijniy Novgorod”da hamyurtlaringiz bor.
— “Pari Nijniy Novgorod” va “Torpedo”da O‘zbekistondan yigitlar o‘ynayotganini ular o‘zini ko‘rsatishga harakat qilayotganini bilaman. Hojimat Erkinov moslashish jarayonini boshidan o‘tkazyapti va “Torpedo”dagi jamoadoshlari fonida har holda yomon o‘ynamayapti. Bu futbolchi chempionlik uchun kurashishga ko‘nikkan, u yerda esa muhit boshqacha. Shunga qaramay, o‘sayotgani ko‘rinib turibdi. Hojimat o‘g‘lim bilan birga o‘ynagan, mehnatga layoqatli ekani o‘shandayoq ko‘ringan, ancha rivojlanyapti.

Ibrohimxalil Yo‘ldoshev esa, salohiyatini namoyish eta oldi. Hozir uchun chap qanotda ancha yuqorida, vinger sifatida o‘ynatishyapti. Aslida u himoyachi. Murabbiy ko‘proq biladi. Agar o‘zbek yigitlariga Rossiyada biroz vaqt va imkoniyat berilsa, ular albatta ko‘zga tashlanadi.

— Rossiya premyer-ligasi klublariga O‘zbekiston chempionatidagi qaysi o‘yinchilarga e’tibor qaratishni maslahat berasiz?
— Aslida yaxshi o‘yinchilar bor, ular ko‘pligidan hammasini nomma-nom aytib bo‘lmaydi. Asosiy masala, transfer amalga oshsa, ularga qanchalik ishonch bildirilishida.

Mentalitetimizni yaxshi bilman, Rossiyaga kelgan o‘zbekistonliklarga oson bo‘lmaydi. Birlashgan Arab Amirliklari yoki Osiyoning boshqa klublariga moslashish ular uchun ancha qulay kechadi. Hozir Rossiyada legionerlar masalasi qiyinlashib qolganini inobatga olsak, O‘zbekistonda rus klublarini kuchaytira oladigan o‘yinchilar ko‘p.

Masalan, “Nasaf”dan Sherzod Nasrullayev, chap qanot himoyachisi, hamma sifatlari yetarli, ishini to‘liq bajaradi. Markaziy himoyachi Husniddin Aliqulov ham legioner bo‘lishga tayyor.

“Neftchi”dagi Abrorbek Ismoilov universal o‘yinchi. Uni yaxshi bilaman, chunki “Paxtakor”ga olib kelmoqchi bo‘lgandim.

“Paxtakor” markaziy yarim himoyachisi Odiljon Hamrobekovni ham ajratib ko‘rsatishim mumkin. Bu yigitlar Rossiya premyer-ligasining o‘rtamiyona jamoalarida o‘ynashga qodir. O‘zbekistondan birdaniga “Zenit”ga o‘tish qiyin. “Spartak”ga o‘tganimda buni qanday bo‘lishini boshimdan o‘tkazganman.

Yaxshisi Eldor Shomurodovga o‘xshab, senga ko‘proq imkoniyat beradigan “Rostov” kabi jamoalardan boshlab, o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish kerak.

“Zenit”da bir-ikki marta o‘ynaganidan keyin maydonga tusholmay, zaxirada o‘tirib qolish mumkin. “Zenit” yoki “Spartak” oldiga qo‘yilgan vazifalar qanday katta!

Men “Paxtakor”da ishlaganimda “nega asosiy jamoamizda klub akademiyasidan o‘yinchilar kam?”, degan masala ko‘tarilardi. Kun tartibida chempionlik sari intilish, mamlakat kubogini qo‘lga kiritish kabi masalalar dolzarb bo‘lib turganida yosh o‘yinchilarni o‘ynatish juda qiyin bo‘ladi. Shunga qaramay, akademiyamizda juda ko‘p futbolchilarni tarbiyalaganmiz.

Manba: zamin.uz
Kiritildi: 23:13, 01.11.2022.
O'qildi: 2388 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.