Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Nike – almashtirilmas ta’minotchi, faqat...

Nike – almashtirilmas ta’minotchi, faqat...

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Nike firmasi 2000 yildan buyon APLni maxsus buyurtma asosida ishlangan rasmiy to‘plar bilan ta’minlab kelmoqda.

AQSH brendi bu masalada futbol dunyosining yetakchi ligasi uchun almashtirilmas hamkorga aylanib ulgurdi. Ammo unutmaslik kerakki, Amerikaning ekipirovka ishlab chiqaruvchi guruhidan oldin bu ish boshqa bir afsonaviy brend zimmasida bo‘lgan. Uning to‘plari ayniqsa, hovlilarda alohida qadrlanganini ham aytish joiz.

Ha, 21-asrning ilk yillariga qadar Angliya Premyer-ligasi o‘yinlarida jahon bo‘yicha eng qadimiy ekipirovka ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi guruh sanalgan Britaniyaning Mitre Sports International Ltd kompaniya to‘plaridan foydalanilgan. Hozirda Mitre nafaqat futbol, balki regbi jamoalari uchun ekipirovka ishlab chiqarishda bardavom.

Kompaniya shuning barobarida kriket va netbol kabi sport turlariga mo‘ljallangan formalar-poyafzallar yo‘nalishiga katta e’tibor qaratmoqda. Alohida fakt shuki, Mitre futbol to‘plari ishlab chiqarish bo‘yicha jahonda 3-o‘rinda bormoqda. Faqat Nike va Adidas kompaniyalarida mahsulot hajmi katta, xolos. Yana bir ma’lumot: futbol to‘plari yaratish masalasida yetakchi mutaxassis Dankan Anderson aynan Mitre Sports International Ltd kompaniyasida ishlamoqda.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 15:00, 02.11.2022.
O'qildi: 1530 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик