Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter 1-1 Verona
17/05 19:00 Everton 1-3 Sanderlend
17/05 19:00 Brentford 2-2 Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids 1-0 Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Fulhem
17/05 21:00 Atalanta 0-1 Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl 3-1 Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko 1-0 Jirona
17/05 22:00 Osasuna 1-2 Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao 1-1 Selta
17/05 22:00 Elche 1-0 Xetafe
17/05 22:00 Levante 2-0 Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad 3-4 Valensiya
17/05 22:00 Sevilya 0-1 Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo 0-1 Alaves
17/05 23:45 Kalyari 2-1 Torino
17/05 23:45 Sassuolo 2-3 Lechche
17/05 23:45 Udineze 0-1 Cremonese
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti

APL. So‘nggi o‘zgarishlar turnir jadvalining ehtimoliy yakuniy ko‘rinishiga ta’sir qiladi

APL. So‘nggi o‘zgarishlar turnir jadvalining ehtimoliy yakuniy ko‘rinishiga ta’sir qiladi

Baho:
+ | -

APLning so‘ngi turida ko‘p narsa o‘zgardi. Xususan, "Arsenal" mavsumning ayni damdagi natijasiga ko‘ra, o‘z tarixidagi eng ko‘p ochkoni jamg‘ardi. London klubi bir durang, bir mag‘lubiyat va 10 g‘alaba bilan, 12 turdan keyin faqat 5 ochko yo‘qotgan. Mikel Arteta shogirdlari chempionlikni himoya qilayotgan Gvardiola jamoasidan 2 ochko oldinda bormoqda. Jahon chempionatiga qadar esa atigi ikki tur qolgan xolos. Agarda "Arsenal" shu tempda davom eta olsa, u holda tarixidagi yangi rekordga erishadi. "the Sun" nashri bu haqida ma’lum qildi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, "Arsenal"ning o‘yinida ortiq pasayish yuz bermasa, jamoa mavsum so‘ngida 99 ochko bilan chempionga aylanishi mumkin. Shimoliy London jamoasi yangi tarixda, 1992 yildan beri eng ko‘p ochkoni 2003-2004 yilda qo‘lga kiritgan (90). O‘shanda "Arsenal" 38 turni mag‘lubiyatsiz yakunlagandi. Ammo, o‘shanda Arsen Venger shogirdlari 38 turning 12 tasida durang o‘ynagan. Hozirgi "Arsenal" esa bu rekordni buzib tashlab, 18 yillik sabrga chek qo‘yish imkoniyatiga ega.

Maxsus dasturiy ta’minotning ma’lumotlarida qayd etilishicha, "Manchester Siti" bu mavsumni 92 ochko bilan, ikkinchi o‘rinda tugatadi. Uchinchi pog‘onada "Tottenxem" bo‘lishi aytilgan. "Shporlar"da 76 ochko mavjud bo‘ladi. "MYU" (73) va "Nyukasl" (70) kuchli beshlikni yakunlab beradi. Oltinchi o‘rinda 67 ochko to‘plagan "Chelsi" joylashadi. Keyingi pog‘onadagi klub "Brayton" bo‘lishi aytilgan. "Chag‘alaylar" 57 ochko to‘plashi ehtimollar nazariyasiga kiritilgan.

Ushbu ehtimoliy jadvaldagi "syurpriz" bu "Liverpul"dir. Mersisaydliklar mavsumni 51 ochko bilan, 9 o‘rinda tugatishi aytilgan. Klopp jamoasi hozirga qadar 12 turda 4 ta g‘alabaga erishdi xolos. Kuchli o‘nlikni Londonning yana bir jamoasi bo‘lmish "Kristal Pelas" yakunlab beradi. Patrik Viyeyra boshchiligidagi futbolchilar ham "Liverpul" kabi 51 ochko yig‘ishi taxmin qilingan.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 18:18, 02.11.2022.
O'qildi: 2922 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик