«Bavariya» darvozaboni Manuel Noyer yuz terisi saratoniga chalinganini ma’lum qildi.
«Menda yuz terisi saratoni bor edi va uni davolash uchun uchta jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdim», — deb yozadi «Bavariya» posboni.
Noyer 2011 yildan buyon «Bavariya» sharafini himoya qilib kelmoqda. Myunxen klubi bilan birga 10 marta Germaniya chempionatida, 2 marta Chempionlar Ligasida zafar quchgan. Manuel Germaniya terma jamoasi bilan birga 2014 yilgi Jahon Chempionatida g‘olib chiqqan.