"Real" yarim himoyachisi Federiko Valverde joriy mavsumda jarima maydoni tashqarisidan beshinchi golini kiritdi.
Urugvaylik futbolchi Chempionlar ligasi guruh bosqichi 6-turi doirasidagi “Seltik”ga qarshi o‘yinda (5:1) uzoq masofadan darvozani ishg‘ol qildi.
24 yoshli yarim himoyachi bu ko‘rsatkich bo‘yicha Yevropaning top-5 ligasida yetakchilik qilmoqda.
Valverde uzoq masofadan zarbalardan to‘rttadan gol urgan Lionel Messi (“PSJ”) va Daichi Kamada (“Ayntraxt”)dan o‘zib ketdi.