Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Ulug‘bek Baqoyev: “Paxtakor” futbolchilarining mahorati bugun bizdan ustun edi”

Ulug‘bek Baqoyev: “Paxtakor” futbolchilarining mahorati bugun bizdan ustun edi”

Baho:
+ | -

Superliga 24-turidan o‘rin olgan “Paxtakor” – “So‘g‘diyona” (2:0) o‘yinidan so‘ng mehmon jamoa ustozi Ulug‘bek Baqoyev bugun raqib mahorat bobida jamoasidan ustun ekanini, amaldagi shartnomasi va rahbariyat tomonidan qo‘yilgan vazifalar borasida fikr yuritdi.

“Bugun amaldagi chempionga qarshi o‘ynadik. Yigitlarga raqib kichik xatolarni ham kechirmasligini uqtirgandik. Birinchi taym avvalida xato qildik va Hamdamov chiroyli gol urdi. Ikkinchi bo‘limda ham xato. Rikoshet va gol”, - deydi Baqoyev.

“Raqib futbolchilarining mahorati bugun bizdan ustun edi. Bugungi o‘yin uchun yigitlarimga rahmat aytaman. Oldinda yana ikki o‘yin qoldi va ularda munosib ishtirok etishni istaymiz”.

“Shartnomam mavsum oxiriga qadar amal qiladi. Professional tarzda o‘z ishimni bajaraman”.

“Shunchaki xohish bilan barchasi amalga oshmaydi. Qatnashgan barcha musobaqalarda g‘alaba uchun o‘ynadik. Rahbariyat bizga har bir o‘yin va har bir musobaqada g‘olib bo‘lish vazifasini qo‘ygan edi”.

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 06:32, 03.11.2022.
O'qildi: 1301 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик