“Manchester Yunayted” hujumchisi Alexandro Garnacho Yevropa ligasi guruh bosqichidan o‘rin olgan “Real Sosyedad”ga qarshi o‘yinda gol urdi.
18 yoshli argentinalik futbolchi 17-daqiqada Krishtianu Ronalduning uzatmasidan gol urdi. Garnacho uchun bu gol "MYU" asosiy tarkibidagi debyut bo‘ldi.
Garnacho hozirda "Manchester Yunayted" uchun beshinchi o‘yinda ishtirok etmoqda.