Kirish Ro'yxatdan o'tish

Yevropa Ligasi. «Roma» o‘z maydonida irodali g‘alabaga erishdi, «Arsenal» raqibini kichik hisobda mag‘lub etdi

Yevropa Ligasi. «Roma» o‘z maydonida irodali g‘alabaga erishdi, «Arsenal» raqibini kichik hisobda mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Yevropa Ligasi guruh bosqichining 6-turidan o‘rin olgan o‘yinlar 3 noyabr, payshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

«Roma» «Ludagores»ni o‘z maydonida qabul qildi. Uchrashuvning 41-daqiqasida Rik hisobni ochdi. 56-daqiqada Lorenso Pellegrini penaltini aniq amalga oshirib, muvozanatni tikladi. 65-daqiqada Pellegrini yana bir bor penaltini tepdi va «Roma»ni hisobda oldinga olib chiqdi. 85-daqiqada Nikolo Zaniolo rimliklarning uchinchi goliga mualliflik qildi. Eldor Shomurodov uchrashuvda maydonga tushmadi.

Guruhning ikkinchi o‘yinida «Betis» «HIK»ni 3:0 hisobida taslim etdi.

Shu tariqa Joze Mourinyo shogirdlari C guruhida 10 ochko bilan 2-o‘rinni egalladi. «Betis» 16 ochko jamg‘arib, guruh yetakchisi sifatida pley-offga yo‘l oldi. «Ludagores» esa 7 ochko bilan 3-o‘rinni band etdi.

«Arsenal» esa «Syurix» bilan bahs olib bordi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdagi yagona gol Keran Tirni hisobiga yozildi.

A guruhining ikkinchi bahsida «PSV» «Budyo Glimt» ustidan 2:1 hisobida zafar quchdi.

Londonliklar ochkolarini 15 taga yetkazib, 1-o‘rinni egalladi. «PSV» 13 ochko bilan 2-o‘rindan joy oldi. «Budyo Glimt» esa 4 ochko bilan 3-o‘rinda qolib ketdi.

Yevropa ligasi, 6-tur bahslari
3 noyabr, payshanba
«Roma» — «Ludagores» 3:1
Gollar: 0:1 – 41 Rik, 1:1 – 56 Pellegrini (penalti), 2:1 – 65 Pellegrini (penalti), 3:1 – 85 Zaniolo.
«Roma»: Ruy Patrisiu, Karsdorp (Kristante, 46), Smolling, Vinya, Rojer, Matich (Zalevski, 61), Pellegrini, Kamara (Volpato, 46; Bove, 80), Belotti (Zaniolo, 46), Abraham, Ash-SHaaravi.
«Ludogores»: Padt, Vitryu (Delev, 87), Nedyalkov, Verdon, Sisinyo (Gruper, 87), Kauli, Petrovski (Gustavo, 71), Pedrinyo, Tekpetey (Despodov, 71), Rik, Igor Tiago (Tissera, 71).
Ogohlantirishlar: Sisinyo (15), Volpato (49), Igor Tiago (62), Nedyalkov (64), Petrovski (64), Rik (79), Zaniolo (87), Vinya (88), Gustavo (90).
Chetlatish: Verdon (90).

«Arsenal» — «Syurix» 1:0
Gol: 1:0 – 17 Tirni.
«Arsenal»: Remsdeyl, Uayt (Tomiyasu, 73; Soaresh, 88), Holding, Gabriel, Tirni, El-Nenni (Parti, 63), Lokonga, Fabiu Vieyra (Edegor, 73), Gabriel Jezus (Saka, 63), Nelson, Nketia.
«Syurix»: Brexer, Boraniyashevich, Aliti (Santini, 89), Katich, Kamberi, Gerrero, Selnes (Xornshu, 77), Konde (Krasniki, 82), Roner (Markezano, 46), Okita, AYEgun (Vyunnik, 78).
Ogohlantirishlar: Aliti (32), Katich (49), Konde (62), Gabriel (90).

«Betis» — «HIK» 3:0
Gollar: 1:0 – 20 Ruibal', 2:0 – 40 Ruibal, 3:0 – 90 Fekir.

«Budyo Glimt» — «PSV» 1:2
Gollar: 0:1 – 35 Sampsted (avtogol), 0:2 – 52 Bakayoko, 1:2 – 90 Jugel.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 07:25, 04.11.2022.
O'qildi: 5371 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик