"PSJ" yarim himoyachisi Fabian Ruis jamoaning bo‘lajak o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi, deb xabar beradi L'Equipe.
Ispaniyalik futbolchi Chempionlar ligasi doirasida "Yuventus"ga qarshi o‘yinning 21-daqiqasidayoq almashtirishga majbur bo‘ldi. Jarohat ancha jiddiy bo‘lib chiqdi: mushak jarohati tufayli yarim himoyachi Qatardagi jahon chempionati uchun tanaffusga qadar maydonga tusha olmaydi.
Parijliklar tarkibida yarim himoyachi barcha turnirlarda 12 ta o‘yin o‘tkazgan.
Ispaniya terma jamoasi JCH-2022da Germaniya, Yaponiya va Kosta-Rika bilan E guruhida o‘ynaydi.