Rodrini himoya qiluvchi agent Pablo Barkero futbolchining "Barselona"ga o‘tish qarorini tasdiqladi.
"Manchester Siti" yarim himoyachisi "Real Madrid"ning ustuvor maqsadi edi, ammo "Barselona"ning qiziqishi haqida bilgach, u kataloniyaliklarni tanladi.
"Rodri o‘zini sharafli tutgan "Real Madrid"ga hurmat ko‘rsatib, klub vakillariga "Barselona"ga o‘tishga qaror qilganini ochiqchasiga ma’lum qildi", - dedi jurnalist Fabrisio Romano Barkeroning so‘zlaridan iqtibos keltirib.
30 yoshli jahon chempionining transfer narxi taxminan 60 million yevroni tashkil qilishi mumkin. "Ko‘k-anorranglilar" yarim himoyachi bilan shartnoma shartlarini kelishib olgan.













