Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

"Barselona" afsonasi - Jerar Pike (1 qism)

"Barselona" afsonasi - Jerar Pike (1 qism)

Baho:
+ | -

 Bugun barcha Blaugranac muxlislari uchun qayg‘uli kun. Shunday kunlar bor. Ular og‘ir, qayg‘uli va har doim siz futbol bilan xayrlashayotgan sportchining faoliyati haqidagi yorqin onlarni eslashni boshlaysiz. Shunday ekan, keling, boshiga qaytaylik va Jerar Pikening xayot yo‘lini yana bir bor eslaylik.

Bolalik, oila.

Jerar Pike-Bernabeu 1987 yil 2 fevralda Barselonada tug‘ilgan, keyinchalik oilada uning ukasi Mark tavallud topgan. Ota Jon Pike advokat bo‘lib ishlagan, o‘z biznesiga ega edi. Onasi Monserrat Bernabeu tibbiyot universiteti rektori bo‘lib ishlagan, keyin esa Barselonadagi orqa miya jarohatlari kasalxonasi direktori bo‘lgan. Ammo bola tibbiy yo‘nalishni ham, qonun bilan bog‘liq yo‘lni ham tanlamadi. Uning kelajakdagi taqdirini bobosi Amador Bernabeu oldindan belgilab qo‘ygan, u nabirasi tug‘ilganda «Barselona» futbol klubi vise-prezidenti bo‘lib ishlagan. Senyor Amador darhol yosh Jerarni klub a’zosi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazgandi.

Jerar bolaligidanoq futbolga o‘ziga xos ishtiyoqi bor edi va 10 yoshida u 1997 yilda Barselonadagi "La Masiya" akademiyasiga qabul qilindi.

"Manchester Yunayted"

2004 yilda u Angliyaning "Manchester Yunayted"iga o‘tib, "qizil iblislar" bilan 4 yillik shartnoma imzoladi, keyin esa shartnoma yana bir yilga uzaytirildi. Jerarning Manchesterdagi debyuti 2004 yilning oktyabrida bo‘lib o‘tgan. U Angliya liga kubogi bahsida Jon O’Shining o‘rniga maydonga tushgan. Yosh futbolchi markaziy himoyachi pozisiyasini egallab, “qizil iblislar”ning asosiy va zaxira jamoalarida ham muvaffaqiyatli o‘ynadi. Pike "mankunianliklar uchun asosiy tarkibda ilk bor 2006 yilning 29 martida "Vest Xem Yunayted"ga qarshi Premyer-liga uy o‘yinida maydonga tushdi va Gari Nevill jarohat olgani sababli o‘ng qanot himoyachisi pozisiyasini egalladi.

"Saragosa"

2006 yil 4 avgustda u ijara asosida «Saragosa»ga o‘tdi va u yerda himoyachi va yarim himoyachi sifatida faoliyat olib bordi. "Saragosa"da Jerar Pike doimiy ravishda asosiy tarkibda maydonga tushdi va ajoyib o‘yin fazilatlarini namoyish etdi va 2007 yilning may oyida u yana Manchesterga qaytdi.

"Barselona"

2008/09 yilgi mavsum boshlanishidan oldin, 27 may kuni Pike bolaligidagi jamoasiga qaytadi. Shartnoma 3,5 million yevro miqdorida 4 yilga tuzilgan. Transferning o‘zi «Barselona»ga 5 million yevroga tushdi. «Barselona»ga ko‘chib o‘tganidan beri Pike futbolchilik faoliyatida yangi yorqin davrni boshidan o‘tkazdi. U jamoa yetakchilaridan biriga aylandi - bu transfer Pikening o‘ziga ham, futbolchi sifatida ham, klubga ham samarali ta’sir ko‘rsatdi. 08/09 yilgi mavsum oxiriga kelib Pike o‘zini jamoaning o‘zagida mustahkam o‘rnini topdi. 

Ispaniya terma jamoasi

Pikening terma jamoadagi faoliyati klubdagidan yomon emas edi. «Barselona»dagi muvaffaqiyatli o‘yini Pikeni Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Visente Del Boske e’tborini tortishga majburladi va u himoyachini asosiy jamoaga chaqirishga qaror qildi. Jerarning terma jamoadagi debyuti 2009 yilning 11 fevralida Angliya bilan o‘rtoqlik o‘yinida bo‘lib o‘tgan va unda Ispaniya g‘alaba qozongan.

2009 yilning yozida Jerar terma jamoa bilan birgalikda Janubiy Afrikada bo‘lib o‘tgan Konfederasiyalar kubogida ishtirok etdi. Turnirda ispanlar faqat uchinchi o‘rinni egalladi.

Ammo 2010 yilning yozida Janubiy Afrikadagi maydonlarda Jahon chempionati ham bo‘lib o‘tdi. Jerar asosiy himoyachi va himoya markazida Karles Puyolning sherigi sifatida bordi. Bu safar "qizil furiya" oltin medalni qo‘lga kiritdi. Finalda Niderlandiya terma jamoasi 1:0 hisobida mag‘lub etildi (g‘alaba golini Andres Inyesta kiritdi).

Yevro-2008, JCH-2010dagi g‘alabalardan so‘ng Ispaniya terma jamoasi jahon arenasida gegemonga aylandi. Keyingi yirik Yevro-2012 turnirida Ispaniya finalda Italiyani 4:0 hisobida mag‘lub etib, yana g‘olib bo‘ldi va Pike o‘z aktiviga yana bir sovrin yozdi. O‘sha turnir yakunlariga ko‘ra, Jerar Pike Yevro ramziy terma jamoasida qayd etildi.

Keyingi yili Ispaniya terma jamoasi Konfederasiyalar kubogida ikkinchi bo‘lib, final o‘yinida Braziliya terma jamoasiga yutqazib qo‘ydi, o‘sha uchrashuvda Pike qizil kartochka olib, maydondan chetlatildi.

2014 yilda Braziliyada Ispaniya terma jamoasi o‘zining davr siklini yakunladi. O‘sha mundial "qizil furiya" muxlislari uchun juda omadsiz bo‘ldi va bunga qo‘shimcha ravishda Ispaniya terma jamoasi Niderlandiya termasiga 1:5 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

2016 yilning oktyabrida u JCH-2018dan keyin terma jamoani tark etishini malum qilgandi.

Rossiyada bo‘lib o‘tgan 2018 yilgi jahon chempionatida Pike barcha to‘rtta o‘yinni o‘tkazdi va o‘sha yilning 11 avgustida u terma jamoani tark etishini e’lon qildi.

Davomi bor. 

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 17:17, 04.11.2022.
O'qildi: 1853 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.