Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/01 00:45 Verona 1-3 Udineze
27/01 01:00 Jirona 1-1 Xetafe
27/01 01:00 Everton 1-1 Lids
27/01 11:00 Tailand 2-0 Livan
27/01 13:00 Iroq 4-2 Qirg‘iziston
27/01 13:00 Vyetnam 5-4 Kuvayt
27/01 13:00 Yaponiya - Avstraliya
27/01 15:00 Eron - Malayziya
27/01 17:00 Indoneziya 5-0 Janubiy Koreya
27/01 17:00 O‘zbekiston - Tojikiston
28/01 11:00 Afg‘oniston - Saudiya Arabistoni

Xolandning mashhurligi juda katta zarar keltirmoqda. Qanday qilib?

Xolandning mashhurligi juda katta zarar keltirmoqda. Qanday qilib?

Baho:
+ | -

Biz buni tushuntiramiz.

Erling Xolandning "Man Siti"ga o‘tganidan keyingi statistikasi shunchaki "kosmos" - joriy mavsumda 16 ta o‘yinda norvegiyalik 22 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Samaradorlik bilan bir qatorda Erlingning mashhurligi ham oshib bormoqda - ammo ba’zilar uchun uning ommaga tanilishi faqat zarar keltiradi.

Biz nima haqida gapiryapmiz?

Shvesiyaning janubi-g‘arbiy qirg‘og‘ida Xalland nomli okrug (ma’muriy-hududiy bo‘linmaning mahalliy bo‘limi) mavjud bo‘lib, unda 300 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi.

Mana bu hududdan ba’zi go‘zal suratlar:

Agar siz Google-da ushbu shaharni nomini izlab ko‘rsangiz, qidiruv tizimi: "Ehtimol, siz Xolandni nazarda tutgandirsiz?", deb xatolik qayd etadi.

Xolland shahrida turizmga mas’ul Jimmi Sandbergning aytishicha, bu mintaqa uchun katta muammo.

“Biz Xallandmiz, u Xoland. Erlingning mashhurligi bizning onlayn mavjudligimizni sezilarli darajada kamaytiradi. Afsuski, biz uchun Xalland shaharchasini onlayn targ‘ib qilish bo‘yicha barcha harakatlar muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Agar shunday davom etsa, mintaqamiz yangi Atlantida va faqat qadimgi tarix va yozuvlarda qoladigan joyga aylanib qolish xavfi bor”, - deydi Jimmi kinoya bilan.

Shu bilan birga, Sandbergning qayd etishicha, Xolandning mashhurligi “Xalland” so‘zi (boshqa ma’noda bo‘lsa ham) endi ijtimoiy tarmoqlarda ko‘proq tilga olinishiga olib keldi. Jimmi Xolandni mintaqaga tashrif buyurishga taklif qilishdan tortinmadi va norvegiyalik ham o‘z navbatida bunga samimiy javob qaytardi.

Xoland Xaaland plyajlarida quyosh botishini tomosha qilmoqda.

Manba: Sports.ru
Kiritildi: 23:23, 05.11.2022.
O'qildi: 9657 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.