Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Angliya, Germaniya va boshqa 8 davlat federasiyalari: "Hammaning muammolari bor, lekin inson huquqlari universal va hamma joyda amal qiladi"

Angliya, Germaniya va boshqa 8 davlat federasiyalari: "Hammaning muammolari bor, lekin inson huquqlari universal va hamma joyda amal qiladi"

Baho:
+ | -

JCH-2022da ishtirok etuvchi mamlakatlar futbol federasiyalari FIFA murojaatiga javoban bayonot berdi.

“Qatarda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionati boshlanishidan oldin, biz futbol maydoniga chiqmasdan oldin, mezbon mamlakatdagi muammolar bilan bog‘liq so‘nggi voqealar va ommaviy muhokamalarga javob bermoqchimiz.

Avvalgidek, biz Qatar tomonidan erishilgan yutuqlar, ayniqsa mehnat muhojirlari huquqlari va Xalqaro mehnat tashkilotining so‘nggi hisobotlarida ko‘rsatilgan qonunchilikdagi o‘zgarishlarning ta’sirini tan olamiz va olqishlaymiz.

Biz Qatar hukumati va FIFAning jahon chempionatiga boradigan barcha muxlislar, shu jumladan LGBT va uning vakillari xavfsizligi hamda ishtirok etishiga oid kafolatlarini mamnuniyat bilan qabul qilamiz.

Shuningdek, biz har bir davlatning muammolari borligini tan olamiz va biz FIFA bilan xilma-xillik bor ekanligiga qo‘shilamiz. Biroq, xilma-xillik va bag‘rikenglikni qabul qilish inson huquqlarini qo‘llab-quvvatlashni ham anglatadi. Inson huquqlari universaldir va ular hamma joyda amal qiladi.

Biz futbolning jahondagi progressiv barqaror o‘zgarishlarga yanada ijobiy va ishonchli hissa qo‘shish qobiliyatiga ishonamiz”, - deyiladi Angliya, Uels, Germaniya, Portugaliya, Niderlandiya, Belgiya, Daniya, Shveysariya, shuningdek, Norvegiya va Shvesiya federasiyalari kabi Jahon chempionatida o‘ynamaydigan terma jamoalarning qo‘shma bayonotida

Avvalroq FIFA JCH-2022 ishtirokchilarini siyosatga emas, futbolga e’tibor qaratishga chaqirgandi.

Kiritildi: 23:11, 06.11.2022.
O'qildi: 1195 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.