Iordaniyada bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatining bugun ringga ko‘tarilgan barcha 5 nafar erkak sportchilarimiz o‘z janglarini g‘alaba bilan yakunlashdi.
67 kg. vazn toifasida Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev hindistonlik Amit Kumarga qarshi jang olib borib, ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi — 5:0 (30:27, 30:27, 30:27, 30:27, 29:28).
Shu tariqa, erkak bokschilar orasida yarim finalga chiqqan sportchilar soni 6 nafarga yetdi. Ular qit’a chempionatida kamida bronza medalni naqd qilishdi.