Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ximenes: "Biz Simeone uchun oxirigacha kurashamiz"

Ximenes: "Biz Simeone uchun oxirigacha kurashamiz"

Baho:
+ | -

"Atletiko Madrid" La Liga doirasida "Espanyol"ga qarshi o‘yinda (1:1) durang o‘ynadi va bu jamoa boshqaruvchisi Diyego Simeonega bosimni oshirdi.

Argentinalik murabbiyning ketishi yaqinlashayotgani haqidagi mish-mishlar “matraschilar” yevrokuboklarni tark etganidan keyin tarqaldi.

"Ehtimol, bizning o‘yinimizda nimadir noto‘g‘ri, nimadir biz uchun ishlamayapti. Biz g‘alaba qozonish uchun hamma narsani qildik, ammo bunga erisha olmadik.

Ochig‘i, biz Simeoneni qo‘llab-quvvatlaymiz, biz bir oiladekmiz. Bizning butun jamoamiz bir butun, jamoa ichida kelishmovchiliklar yo‘q. Umid qilamanki, biz yana g‘alaba qozona boshlaymiz. Biz ishlashda davom etamiz va murabbiy uchun oxirigacha kurashamiz”, - dedi himoyachi.

Kiritildi: 23:33, 06.11.2022.
O'qildi: 936 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик