Superliganing 25-turida "Bunyodkor" safarda "Qo‘qon-1912" jamoasi bilan bahs olib bordi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
"Bunyodkor" klubi matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, himoyachi Azizbek To‘lqinbekov bugun Superligada debyut qildi. O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi a’zosi 15 yosh 270 kunligida "Qo‘qon-1912" jamoasiga qarshi bahsda maydonga tushdi.