Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Dahshat! Krishtianu Ronalduning yana bir salbiy statistikasi e’lon qilindi

Dahshat! Krishtianu Ronalduning yana bir salbiy statistikasi e’lon qilindi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" hujumchisi Ronalduning bu mavsumdagi holatidan hammaning xabari bor. Buni ifodalash uchun bugun yana bir statistikaga e’tibor qaratamiz. Quyida shu haqida so‘z boradi.


Portugaliyalik yulduz APLning 2022-23 yilgi mavsumida 1 ta golga mualliflik qildi. Yevropa ligasida esa "Sheriff" darvozasini ishg‘ol etishga erishgan.
Ronaldu "Tottenxem" bilan bahsda yomon xulqi uchun jazolanadi. Erik ten Xag uni "Chelsi" bilan o‘yin uchun qaydnomaga kiritmay, asosiy jamoadan ma’lum vaqt uzib qo‘ygandi. Bu voqealarning hammasi Ronalduning mavsum boshidagi holatini ifodalardi.

Ha, Krishtianuni himoya qilish uchun uning 13 ta APL bahslaridan atigi 4 tasida qatnashganini aytib o‘tish lozim. 37 yoshli futbolchiga asosan Yevrokuboklarda imkoniyat taqdim etilmoqda. "MYU"ning asosiy hujumchisi bo‘lmish Antoni Marsyal jarohatda bo‘lgan taqdirda ham ten Xag hujum uchun Ronaldudan boshqa futbolchilardan foydalandi.

Garchand afsonaviy futbolchi mavsumning ikkita top o‘yinida maydonga tushirilmagan bo‘lsada, kuni kecha "Aston Villa"ga qarshi bahsni asosiy tarkibda, jamoa sardori sifatida boshladi. Ma’lumotning asosiy qismiga endi keldik!
Ronaldu Unai Emeri boshchilik qila boshlagan jamoaga qarshi to‘liq o‘yin o‘tkazib, darvoza tomon faqat bitta aniq zarba bera oldi xolos. Sobiq "Real" yulduzi raqibga qarshi jami 7 ta holatda qoida buzgan deb topilgan. Bu esa Ronalduning bu mavsumda raqib darvozasiga bergan aniq zarbalari sonidan ko‘proqdir (6 ta)! U 6 ta zarbaning faqat bittasini muvaffaqiyatli yakunlay olgan. O‘shanda Krishtianu "Everton" bilan g‘alaba goliga mualliflik qilgan edi.

Ronaldu bu haftada "Aston Villa" bilan yana bir bor to‘qnash keladi. Bu safar boshqa musobaqa, Angliya liga kubogida. Portugaliya terma jamoasi a’zosi ushbu turnirda oxirgi marta bundan 14 yil ilgari, "Derbi Kaunti"ga qarshi gol urgan. "Aston Villa" esa jiddiyroq raqib. Qolaversa, birmingemliklar "MYU"ni kechagina yer tishlatdi. Erik ten Xag Ronalduni yana asosiy tarkibga qo‘shsa kerak. Ko‘ramiz, megayulduz hujumchi o‘ch olishni uddalay olarmikin...

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 20:45, 07.11.2022.
O'qildi: 5479 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.