Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

YECHL. Nimchorak final juftliklarini baholaymiz!

YECHL. Nimchorak final juftliklarini baholaymiz!

Baho:
+ | -

8. "Inter Milan" - "Portu"

"Portu" o‘z guruhini yetakchi sifatida yakunlagandi. Shu sabab ikkinchi o‘rindagi jamoa bilan to‘qnash kelishi kerak edi. "Inter" esa ana shu variantlardan biri bo‘lgan.

YECHLda o‘zaro

Tarixda: 4 ta o‘yin
"Inter": 2 ta g‘alaba
"Portu": 1 ta g‘alaba
Durang: 1 ta
So‘nggi to‘qnashuv: 2005-2006 yil guruh bahslari

7. "Leypsig" - "Manchester Siti"

Har doimgidek, "shaharliklar"ga bu bosqichda osonroq raqib ro‘baro keldi. Aslida doim ham unday bo‘lmagan. Lekin guruhni yetakchi sifatida yakunlash, odatda keyingi o‘yinni osonlashtiradi.

YECHLda o‘zaro

Tarixda: 2 ta o‘yin
"Leypsig": 1 ta g‘alaba
"Man Siti": 1 ta g‘alaba
Durang: 0 ta
So‘nggi bahs: 2021-22 yil guruh bahslari

6. "Bryugge" - "Benfika"

Ko‘pchilik tomonidan ushbu juftlik eng munosibi sifatida baholanmoqda. Negaki, raqiblarning kuchlari teng va keyingi bosqich ular uchun katta natija bo‘ladi. Qizig‘i, bu jamoalar o‘z guruhida katta klublarga qarshi ajoyib natija namoyish etishgan.

YECHLda o‘zaro hali o‘yin o‘tkazmagan

5. "Ayntraxt" - "Napoli"

Hozirda "Napoli" ishtirokidagi har qanday bahs qiziqarli bo‘lib qoldi. Ayni damda italiyaliklar ichki chempionatda tengsiz bo‘lib qolmoqda. Ularga nimchorak finalda o‘tgan mavsum chempionlari raqib bo‘ladi. Ha, frankfurtliklar YELda g‘alaba qozongan holda YECHL yo‘llanmasiga ega chiqqan.

YECHLda o‘zaro hali o‘yin o‘tkazmagan

4. "Milan - "Tottenxem"

Konte yana "San Siro" o‘yingohiga qaytadigan bo‘ldi. Bu safar u "Tottenxem" bilan "Milan"ga boshog‘riq bo‘lishga harakat qilib ko‘radi.

YECHLda o‘zaro

Tarixda: 2 ta o‘yin
"Milan": 1 ta g‘alaba
"Tottenxem": 1 ta g‘alaba
Durang: 1 ta
So‘nggi to‘qnashuv: 2010-2011 yilgi mavsum guruh bahslari

3. "BVB" - "Chelsi"

Ushbu qarama-qarshilik ham oldin yuz bermagan. Ammo ilk versiyasi yonishi kutilmoqda. Nemislar uchun qur’ada ikkita ehtimoliy raqib bor edi: "Chelsi" yoki "Portu". Birinchi variant bo‘lib chiqdi. Bu esa muxlislar uchun ayni muddaodir.

YECHL o‘zaro hali o‘yin o‘tkazmagan

2. "Liverpul" - "Real"

Eng dramatik to‘qnashuv sifatida e’tirof etilayotgan juftliklarning o‘zaro hisob-kitoblari yakuniga yetmagan. Xususan, mersisaydliklarning 2018 yilda Kiyevdagi finaldan alami qolib ketgan. Bu alam bu yil, Parijda qondirilmadi. Balki 2023 yilda Klopp o‘z maqsadiga yetar.

YECHLda o‘zaro

Tarixda: 9 ta o‘yin
"Liverpul": 3 ta g‘alaba
"Real": 5 ta g‘alaba
Durang: 1 ta
So‘nggi to‘qnashuv 2021-22 yilgi mavsum finali

1. "PSJ" - "Bavariya"

Ushbu juftliklarning finalda to‘qnash kelganiga, hali ko‘p vaqt bo‘lmadi. Endi esa biz ulardan birini nimchorak finaldayoq yo‘qotishga majburmiz. Ko‘rish uchun eng muhim bahs!

YECHLda o‘zaro

Tarixda: 11 ta
"PSJ": 6 ta g‘alaba
"Bavariya": 5 ta g‘alaba
Durang: 0 ta
So‘nggi to‘qnashuv 2020-21 yilgi mavsum chorak finali

 

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: football365.com
Kiritildi: 22:11, 07.11.2022.
O'qildi: 5423 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.