Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Maksim Shaskix: "Ikkinchi taymda nima ustida ishlayotganimizni ko‘rsatib qo‘ydik"

Maksim Shaskix: "Ikkinchi taymda nima ustida ishlayotganimizni ko‘rsatib qo‘ydik"

Baho:
+ | -

"Paxtakor" - "Qizilqum" uchrashuvidan (6:0) so‘ng "sherlar" ustozi Maksim Shaskix matbuot anjumanida ishtirok etib, jurnalistlar savollariga javob berdi.

- 6:0. Yana bir nechta gol ura olardik. Juda yaxshi o‘yin namoyish etdik. Raqibda bor-yo‘g‘i bitta zarba bo‘ldi. Birinchi bo‘limning o‘zidayoq o‘yin masalasini hal qilsak bo‘lardi. Ikkinchi taymda nima ustida ishlayotganimizni ko‘rsatib qo‘ydik.

- Maksim Shaskix kelganidan so‘ng Abbos Fayzullayev yanada "ochildi", uning qaysi jihatlari ustida ishladingiz?

- Menimcha, bizgacha u zaxira futbolchisi edi. Keyin asosiy tarkib futbolchisi bo‘lish imkoniyati paydo bo‘ldi va men unga bu imkoniyatdan foydalanish kerakligini aytdim. Ayni damda unga nisbatan hech qanday savollar yo‘q. Talablarni bajarayotgan futbolchi maydonda o‘ynayveradi.

- Bunday futbolchilar tez ko‘zga tashlanadi va agent hamda skautlar e’tiborida bo‘ladi. Fayzullayevni qishda yo‘qotib qo‘yishdan qo‘rqmaysizmi?

- Abbosning yana bir yillik shartnomasi bor. Albatta, bitimni uzaytiramiz. Agentlar nima o‘ylayotganini bilmayman. Ular ham aqlli odamlar. Faqat "Paxtakor"dangina kuchli chempionat yoki jamoaga ketish mumkin. Liga yakunlanganidan so‘ng barchasini o‘ylab, hal qilib, qishki yig‘inlarda kim ishtirok etishini aniqlab olamiz.

- "Nasaf" "Neftchi"ga mag‘lub bo‘ldi. So‘nggi turda "Paxtakor" chempionga aylanishi mumkin. Oxirgi turda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Jamoangiz imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- So‘nggi 4-5ta turdan beri vaziyat shunday. Asosiysi - hammasi o‘z qo‘limizda. Endi "Bunyodkor"ni qanday mag‘lub etish haqida o‘ylaymiz.

- "Bunyodkor"ga Boshkovich kelganidan so‘ng jamoa o‘yinida o‘zgarish ro‘y berdi. "Qaldirg‘ochlar" "Paxtakor"ga jiddiy muammolar tug‘dirishi mumkin.

- Vaqti kelsa o‘ylab ko‘ramiz, hammasini tahlil qilib chiqamiz. Ayni damda futbolchilar tiklanishiga e’tibor qaratamiz. Navbatdagi o‘yinga har doimgidek tayyorgarlik ko‘ramiz. Baribir o‘z uslubimizda o‘ynaymiz. "Bunyodkor"ni o‘rganib chiqib, kerakli xulosalar qilamiz." - dedi Shaskix.

Kiritildi: 22:47, 07.11.2022.
O'qildi: 1279 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.