Iordaniyada o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatida chorak final janglari yakuniga yetdi. Eng og‘ir vazndagi bokschimiz Lazizbek Mullojonov yarim final yo‘llanmasi uchun kuvaytlik Ali al-Qriybga qarshi ringga ko‘tarildi.
Raqib sportchisi o‘zbekistonlik bokschiga deyarli qarshilik ko‘rsatmadi. Lazizbek barcha raundlarda yaqqol ustunlikka erishib, raqibini nokdaunga tushirdi. Mullojonov so‘nggi raundda raqibini ayab harakat qildi. Yakuniy baholar — 30:23, 30:24, 30:26, 30:24, 30:26.
Shu tariqa, O‘zbekiston erkaklar terma jamoasining 13 a’zosidan 11 nafari yarim finalga chiqdi.