Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/02 00:45 Bolonya 0-3 Milan
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya

"Arsenal" qishki ta’tilni qanday o‘tkazadi?

"Arsenal" qishki ta’tilni qanday o‘tkazadi?

Baho:
+ | -

Mikel Arteta boshchilik qilayotgan "Arsenal" Jahon chempionati davomida maxsus rejalarni amalga oshiradi. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, "to‘pchilar" qishni Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida o‘tkazadi. Jamoa APLda so‘nggi o‘yinida "Vulverxempton"ga qarshi chiqadi . Shundan keyin, jamoaga o‘n kun davomida dam olish imkoni taqdim etiladi.

Klub futbolchilarining bir qismi Jahon chempionatida ishtirok etish uchun yo‘l oladi. Qolganlari bilan Arteta Dubayga uchadi. Ushbu sayohatning boshlanishi 4 dekabrga mo‘ljallangan. Yaqin Sharqning iliq havosida "Arsenal"ni "Milan" hamda "Lion" klublariga qarshi o‘rtoqlik bahslari kutib turibdi. Xususan, 8 dekabr kuni londonliklar "Lill" bilan kuch sinashadi. Oradan besh kun o‘tib esa, Italiya chempionlari bilan ӯynaydi. Xabarda "Liverpul"ning ham Dubayda bo‘lishi aytilgan. Ammo Klopp jamoasi "Arsenal" bilan to‘qnash kelmaydi. Yuqoridagi ma’lumotlar keyingi haftada rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.

"Arsenal" 14 dekabrda Londonga qaytadi. Boksing deydan avval jamoani "Emirates" o‘yingohida yana bir o‘rtoqlik bahsi kutib turibdi. Uchinchi o‘yin ispan klublaridan biriga qarshi o‘tkazilishi aytilgan.
Ichki chempionatlar qaytganida, "Arsenal"ning ilk raqibi "Vest Xem Yunayted" bo‘ladi. Garchand Arteta shogirdlarining ayrimlari Qatardagi mundialga ketsa ham, ko‘pchilik jamoa bazasida qoladi. Ular ichida Kiran Tirni, Oleksandr Zinchenko, Gabriel, Sedrik, Martin Edegor, Fabiu Viyeyra kabi nomlar mavjud.

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 10:29, 08.11.2022.
O'qildi: 1374 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.