Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

"Manchester Siti" rahbariyati Gvardiola bilan shartnomani uzaytirishga umid qilishmoqda

"Manchester Siti" rahbariyati Gvardiola bilan shartnomani uzaytirishga umid qilishmoqda

Baho:
+ | -

Angliyaning "Manchester Siti" klubi rahbariyati bosh murabbiy Xosep Gvardiola jamoa bilan shartnomani 2025 yilgacha uzaytirishiga umid qilmoqda. Bu haqda 90min nashri xabar bermoqda.

2016 yilda jamoani qabul qilib olganidan beri "Manchester Siti" bilan to‘rt marta chempionlikni qo‘lga kiritgan ispaniyalik murabbiy va klub rahbariyati o‘rtasidagi shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar bir necha oydan beri davom etmoqda. Amaldagi shartnoma 2022/2023 yilgi mavsum yakunida tugaydi.

Ayni damda tomonlar yangi shartnomaga taalluqli dastlabki kelishuvga erishdilar. Unga ko‘ra, Gvardiola 2025 yilgacha murabbiylik kursida qoladi. Jamoa ustozi shu yil oxirigacha yangi shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Avvalroq, "Manchester Siti" hozirda Gvardiolaning yozda jamoani tark etish variantini ko‘rib chiqmayotgani va ispaniyalik mutaxassis "shaharliklar" bosh murabbiyi bo‘lib qolishi asosida o‘z kelajak rejalarini qurayotgani xabar qilingandi.

 

Kiritildi: 20:43, 08.11.2022.
O'qildi: 1194 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик