Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/11 01:00 Bavariya 1-0 Benfika
07/11 01:00 Feyenoord 1-3 Zalsburg
07/11 01:00 Srvena Zvezda 2-5 Barselona
07/11 01:00 Inter 1-0 Arsenal
07/11 01:00 PSJ 1-2 Atletiko
07/11 01:00 Sparta 1-2 Brest
07/11 01:00 Shtutgart 0-2 Atalanta
07/11 13:00 Sidney 0-1 Sanfrechche Xirosima
07/11 15:00 Sebu 2-9 Muangtong Yunayted
07/11 15:00 Chonbuk Motors 1-0 Selangor
07/11 16:00 OKMK 2-2 Olimpik
07/11 17:00 Istern 1-2 Kaya–Iloilo
07/11 17:00 Lion Siti Seylors 2-3 Persib
07/11 17:00 Jechjiang 1-2 Port
07/11 18:15 Dinamo 1-2 Lokomotiv
08/11 00:45 Jenoa - Komo
08/11 18:15 Bunyodkor - Metallurg
09/11 00:45 Lechche - Empoli
09/11 01:00 Rayo Valyekano - Las-Palmas
09/11 16:00 Navbahor - Paxtakor
09/11 17:00 Nasaf - So‘g‘diyona
09/11 18:00 Real Madrid - Osasuna
09/11 18:15 Surxon - Neftchi
09/11 19:00 Venetsiya - Parma
09/11 20:00 Kristal Pelas - Fulhem
09/11 20:00 Vest Xem - Everton
09/11 20:00 Vulverhempton - Sautgempton
09/11 20:00 Brentford - Bornmut
09/11 20:15 Vilyarreal - Alaves
09/11 22:00 Kalyari - Milan
09/11 22:30 Brayton - Manchester Siti
09/11 22:30 Espanyol - Valensiya

Fransiyaning Jahon chempionati uchun qaydnomasining hayratlanarli tafsilotlari

Fransiyaning Jahon chempionati uchun qaydnomasining hayratlanarli tafsilotlari

Baho:
+ | -

Didye Desham boshchiligidagi Fransiya terma jamoasi murabbiylar shtabi Qatarda bo‘lib o‘tadigan JCH-2022ga boradigan 25 nafar futbolchi ro‘yxatini e’lon qildi. Ro‘yxatda syurprizlar kam, ammo hayron qoldiradigan qarorlar mavjud - axir, murabbiy ro‘yxatni so‘nggi daqiqada e’lon qiloshga qaror qildi.

Murabbiyning ixtiyorida ko‘plab ajoyib futbolchilar bo‘lsa, unga havas qilish mumkin. Ulardan ba’zilari ertami-kechmi jarohat olishadi. Ammo ularning ba’zilari tayanch o‘yinchilari bo‘lsa va ular bilan muvaffaqiyatga erishgan bo‘lsangiz, bunday vaziyatga havas qilmaysiz. Qatarda Fransiyaning bitta maqsadi bor - jahon chempionatida g‘alaba qozonish, chempionlikni himoya qilish va muvaffaqiyat qozonganlarning elita klubiga kirish: Italiya (1934 va 1938) va Braziliya (1958 va 1962).

Ammo muhim o‘yinchilar bo‘lmaganda buni qanday qilish kerak? So‘nggi bir necha kunni Dide Desham, uning yordamchisi Gay Stefan va jamoa shifokori Frenk Le Gall katta stressda o‘tkazdilar. Le Figaro nashri bu haqda shunday yozadi: “Bir necha kun davomida bosh murabbiyning telefoni qo‘ng‘iroqlardan erib ketay dedi va klublar bilan internet yozishmalar bir necha baravar ko‘paydi. Shtab-kvartira qaydnomani qanday rasmiylashtirishni va unga kimni kiritishni tushunmadi: Varan sonidan, Kimpembe tovonidan, Benzemaning esa mushaklaridagi muammolar - bu va yana ko‘p narsalar oxir-oqibat kimga ishonishimizni tushunishimizga to‘sqinlik qildi. Hafta davomida bir nechta o‘yinchilar jarohat oldi. Ba’zi qarorlarni qabul qilish xavfli edi".

Natijada, Desham imkoniyatdan foydalandi va uchalasini ham tarkibga kiritdi. Murabbiy 13 noyabr kuni Dohaga borishni rejalashtirgan, 16 noyabr esa jamoa arizalariga o‘zgartirish kiritish mumkin bo‘lgan oxirgi sana bo‘ladi. Qaytarib bo‘lmas darajada yo‘qotilgan Pogba va Kanteni hisobga olsak, yana bir nechta muhim o‘yinchilarning yo‘qligi, Fransiya jamoasini oqsoq otga aylantirishi mumkin. Hech bo‘lmaganda, guruh bosqichining birinchi o‘yinida barcha kuchlilar sog‘lig‘i sababli maydonga tusha olishmaydi. Lyoris, Pavar, Grizmann va Jiru kabi 11 nafar jahon chempioni yakuniy ro‘yxatga kirgan, ular g‘olib jamoa muhiti va ruhi uchun muhim. Shuningdek, jamoada ko‘plab yorqin yangilar ham bor: Fofana, Nkunku, Koman, Saliba, Kunde, Upamekano va boshqalar.

Asosiy yulduz va eng qimmat futbolchi

Kilian Mbappe endigina 23 yoshda va u allaqachon Fransiya terma jamoasining asosiy futbolchisiga aylangan. Rossiyada bo‘lib o‘tgan JCH-2018da hujumchi yettita o‘yinda to‘rtta gol urdi, jumladan, 1/8 finalda Argentinaga (4:3) dubl va turnirning eng muhim o‘yinida Xorvatiyaga (4:2) dubl. O‘shandan beri "PSJ" hujumchisi Fransiya hujumida asosiy rol o‘ynadi, raqamlar o‘z-o‘zidan gapiradi. U terma jamoadagi 59 o‘yinda 28+21 natijaga erishdi. Strayker shuningdek, Fransiyaning eng qimmat futbolchisi hisoblanadi, uning taxminiy bahosi 160 million yevro.

Fransiya oldingi jahon chempionatlarida qanday o‘ynagan edi?

Qatardagi Jahon chempionati fransuzlar uchun 16-jahon chempionati bo‘ladi. Fransiya muntazam ravishda favoritlar toifasiga kiritilgan, shuning uchun jamoaning muvaffaqiyati hayratlanarli emas: ikkita bronza (1958, 1986), kumush (2006) va ikkita oltin (1998, 2018). Yarim himoyada o‘tgan turnirning yetakchilari va muhim futbolchilari – Pol Pogba va N'Golo Kante bo‘lmasligini hisobga olsak, Dide Desham shogirdlari bu safar qanday karomat ko‘rsatishlari qiziq.

Fransuzlar JCH-2022da kimlar bilan o‘ynaydi?

Didye Desham jamoasi Rossiyadagi jahon chempionatidagi kabi deyarli bir xil guruhga tushdi. O‘shanda Avstraliya, Peru va Daniya Fransiya bilan bir guruhdan joy olgan bo‘lsa, bu yil Peru o‘rniga Tunis. 2018 yilda fransuzlar guruhdan birinchi o‘rinda chiqishdi. Bu safar qanday bo‘ladi?

Kiritildi: 11:34, 10.11.2022.
O'qildi: 9720 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.