Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter 1-1 Verona
17/05 19:00 Everton 1-3 Sanderlend
17/05 19:00 Brentford 2-2 Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids 1-0 Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Fulhem
17/05 21:00 Atalanta 0-1 Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl 3-1 Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko 1-0 Jirona
17/05 22:00 Osasuna 1-2 Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao 1-1 Selta
17/05 22:00 Elche 1-0 Xetafe
17/05 22:00 Levante 2-0 Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad 3-4 Valensiya
17/05 22:00 Sevilya 0-1 Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo 0-1 Alaves
17/05 23:45 Kalyari 2-1 Torino
17/05 23:45 Sassuolo 2-3 Lechche
17/05 23:45 Udineze 0-1 Cremonese
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti

Diyor Imomxo‘jayev: «Kalamushlar hali ham o‘zbek futbolida bor»

Diyor Imomxo‘jayev: «Kalamushlar hali ham o‘zbek futbolida bor»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Namangan FMM U16 bosh murabbiyi Mamajonov hamda Buxoro FMM U16 murabbiyi Sharipov kelishilgan o‘yinda ishtirok etgani uchun 1 yil muddatga futboldan chetlashtirilibdi. O‘smirlar futboli shunday bulg‘anayotgan bo‘lsa, bu noinsoflar futbolga qaytib kelmasa ham mayli. Viloyat jamoasini sharmanda qilish katta xato. Vatan ostonadan boshlanadi. Yosh futbolchi to terma jamoa darajasiga yetguniga qadar, u to‘p surayotgan viloyat jamoasi shu futbolchi uchun bosh jamoa hisoblanadi.

Har qanday futbol muxlisida faqat yoshlar jazolanadimi, degan haqli savol tug‘iladi. O‘zPFL ayrim katta jamoalar ishtirokidagi konkret o‘yinlarga nisbatan o‘zining jiddiy xavotirini bildirgan. O‘FA inspeksiyasi mazkur o‘yinlar masalasida ishlayapti. Yil avvalida futbolchilarga Futbolchilar uyushmasi tomonidan red button kartalari tarqatilganini unutmaslik kerak. Biror qing‘ir ishni ko‘ra-bila turib, bu haqda xabar bermaslik futbolchini jazodan saqlamaydi.

Kelishilgan o‘yinlarni faktlari bilan ochiqlash o‘ta mushkul ish, ammo ilojsiz emas. O‘z vaqtida bir qator hakamlar futboldan chetlashtirilgani, Turg‘unboyev, Jaloliddinov kabi ishlar ochilganini hech kim yodidan chiqarmasligi shart. Biz loqaydlik tarafdori emasmiz. Bir narsaga aniq ishonamiz, normal shaxslar va jamoalar uchun reputasiya, muxlislar mehri ahamiyatsiz masala emas hamda ular reputasiyasi yaxshi bo‘lmagan qandaydir shubhali mutaxassisni, futbolchini o‘ziga jalb qilmaydi.

Futbol o‘zgaryapti, yaxshilanyapti. Va tan olishimiz kerakki, kamayib borayotgan bo‘lsa-da, kalamushlar hali ham bor. Haromdan qo‘rqmayotgan bundaylarni vaqti kelib xalq faktlari bilan tanib oladi deb umid qilamiz.

Diyor Imomxo‘jayev.

Manba: https://t.me/diyorimamkhodjaev
Kiritildi: 17:11, 10.11.2022.
O'qildi: 3886 marta.
Fikrlar: 52 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик