Kirish Ro'yxatdan o'tish

Allegri Vlahovichning jarohati haqida ma’lumot berdi

Allegri Vlahovichning jarohati haqida ma’lumot berdi

Baho:
+ | -

"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri hujumchi Dushan Vlahovichning jahon chempionati tanaffusiga qadar qaytishini kutmayapti.

Serbiyalik futbolchi jarohati sabab turinliklarning so‘nggi o‘yinlarini, jumladan, bugungi A Seriya doirasidagi “Verona”ga (1:0) qarshi o‘yinni o‘tkazib yubordi. Allegri o‘yindan so‘ng bergan intervyusida aytganidek, hujumchining qaytishi kechikmoqda: "Ko‘ramiz, Vlahovichning tiklanish jarayoni qanday ketyapti, ammo uning "Lasio"ga qarshi o‘yinda ishtirok etishi dargumon", - dedi "byankoneri" boshqaruvchisi.

Dushan Vlahovich "Yuventus"ning joriy mavsumda A Seriyada 6 ta gol urgan eng yaxshi to‘purari hisoblanadi.

Kiritildi: 02:01, 11.11.2022.
O'qildi: 1195 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.