"Bavariya" hujumchi Erik-Maksim Chupo-Motingni o‘z safida saqlab qolmoqchi. Myunxenliklar futbolchiga bonuslar bilan birga yiliga taxminan 5 million yevro ishlab olishi mumkin bo‘lgan shartnoma taklif qiladi, deya xabar beradi nemis jurnalisti Florian Plettenberg.
33 yoshli kamerunlik futbolchining "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakuniga yetadi.
Kamerunlik hujumchi joriy mavsumda “Bavariya” safida 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.