Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

Angliya terma jamoasi mamlakat tarixidagi ikkinchi eng tajribali futbolchilar jamlanmasi ega!

Angliya terma jamoasi mamlakat tarixidagi ikkinchi eng tajribali futbolchilar jamlanmasi ega!

Baho:
+ | -

Kechagina Garet Sautgeyt Jahon chempionati uchun o‘zining tanlovlarini e’lon qildi. Ro‘yxatdan 26 ta futbolchi joy olgan bo‘lib, yig‘ilgan futbolchilar Angliya tarixidagi eng tajribali jamoalardan biriga aylandi.


Jamoadan joy olgan 26 futbolchining termadagi o‘yinlari qo‘shib hisoblab chiqilganida, umumiy 820 bahs o‘tkazilganligi ma’lum bo‘ldi. Bu esa mutlaq rekorddan 1 taga kamdir. Bu borada birinchi o‘rinni 2010 yilgi Jahon chempionatiga olib ketilgan tarkib egallagan. O‘shanda jamoaga Fabio Kapello boshchilik qilgan. Jamoaning umumiy bahslari soni 821 ta bo‘lgan. 2010 yilgi tarkibda Ueyn Runi, Stiven Jerrard, Frenk Lempard kabi taniqli yulduzlar bor edi. Shuningdek, terma jamoada o‘yin o‘tkazish borasida Eshli Koul, Devid Jeyms, Jon Terri, Jermeyn Defo hamda Jo Koul oldingi o‘rinlarni egallagan. Biroq, bu statistikalar Janubiy Afrika zaminida inglizlarga yordam bera olmagan. Ular nimchorak finalda Germaniyaga 4-1 hisobida imkoniyatni boy berib, ortga qaytishga majbur bo‘lgan.

Angliyaning bugungi tarkibi ham juda tajribali. Ular ichida Raxim Sterling (79), Xarri Keyn (75), Kayl Uoker (70) Jordan Xenderson (70) eng ko‘p maydonga tushirilgan o‘yinchilar sanaladi. Shuningdek, jamoada bir nechta yangi va tajribasiz futbolchilar ham bor. Jeyms Meddison (1), Eron Ramsdeyl (3), Kallum Uilson (4) va Ben Uaytlar (4) o‘sha futbolchilar sirasiga kiradi. Ammo umumiy termaga qarab, tajribaning baribir yuqori ekanini aytish mumkin. Xususan, so‘nggi Yevropa chempionatida jamoada jami 641 marta maydonga tushgan futbolchilar bo‘lgan. 2018 yilgi mundialda esa bu ko‘rsatkich 449 taga teng edi. Ammo o‘sha musobaqalar Angliya uchun yarim final va final bilan yakun topgan.

Shuniyam ta’kidlash kerakki, hozirda turnirlar uchun 26 ta futbolchi jalb etishga ruxsat berilgan. Oldinlari esa umumiy jamoa 23 a’zodan tashkil topardi. Eslatib o‘tamiz, Angliya o‘zining guruh bahslarini 21 noyabr kuni, Eron termasiga qarshi o‘yin bilan boshlaydi.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 10:50, 11.11.2022.
O'qildi: 2613 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик