Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/01 00:45 Milan 1-1 Jenoa
09/01 01:00 Arsenal 0-0 Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston 1-2 Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya 3-2 Saudiya Arabistoni
10/01 01:00 Xetafe - Real Sosyedad
10/01 16:30 BAA - Yaponiya
10/01 16:30 Livan - Janubiy Koreya
10/01 18:00 Real Ovyedo - Betis
10/01 19:00 Eron - O‘zbekiston
10/01 19:00 Udineze - Piza
10/01 19:00 Komo - Bolonya
10/01 20:15 Vilyarreal - Alaves
10/01 21:30 Suriya - Qatar
10/01 22:00 Roma - Sassuolo
10/01 22:30 Jirona - Osasuna
11/01 00:45 Atalanta - Torino
11/01 01:00 Valensiya - Elche
11/01 16:30 Xitoy - Avstraliya
11/01 16:30 Lechche - Parma
11/01 18:00 Rayo Valyekano - Malyorka
11/01 19:00 Tailand - Iroq
11/01 19:00 Fiorentina - Milan
11/01 20:15 Levante - Espanyol
11/01 22:00 Verona - Lasio

«MYU»ga Ronaldu kerakmi?

«MYU»ga Ronaldu kerakmi?

Baho:
+ | -

Kecha Krishtianu Ronaldu maydonga tushmagan o‘yinda “Manchester Yunayted” 4:2 hisobida g‘alaba qozondi. Futbolchi va jamoa o‘rtasidagi munosabat, u ten Xag jamoasini kuchaytira oladimi, uning klub tarixidagi o‘rni qanday, atrofdagi turli munozaralarni bir chetga surib, oddiy savolni o‘rtaga tashlash kerak – “Yunayted” Krishtianu bilan yaxshi o‘ynayaptimi yoki usiz? Agar klub o‘zini barcha turnirlarda yuqori natijalar uchun kurashuvchi sifatida namoyon etmoqchi bo‘lsa, faqat mana shu savolning javobi keyingi qarorlarda asosiy rolni o‘ynashi shart. Ya’ni agar jamoa usiz kuchli bo‘lsa, Ronaldu ketishi, agar Ronaldu zaxiradan maydonga tushganda foydali bo‘lsa, shunday bo‘lishi, agar hujumchi rostan ham jamoani kuchaytirsa, asosiy tarkibda o‘ynashi kerak. Bo‘ldi.

Endi, savolga javob izlab ko‘ramiz. “Manchester Yunayted” Krishtianu asosiy tarkibda tushgan o‘yinlarda qanday natijalarni qayd etyapti-yu, usiz nima bo‘lyapti?

Statistikani buzmaslik uchun “Omoniya” va “Sherif”ga qarshi uchrashuvlarni olmayman. Chunki bu jamoalar saviya, qarshilik sifati bo‘yicha “MYU”dan birmuncha past hisoblanadi. Bu o‘yinlarga qarab aniq xulosalar berish imkonsiz. Esingizda bo‘lsa, jamoada Romero ismli zaxira darvozaboni bo‘lgan va uning ko‘rsatkichlari (o‘rtacha gol qo‘yib yuborish) “MYU”da o‘ynagan hamma darvozabonlardan yuqori edi. Chunki Romero asosan Angliya Liga kubogi, Yevropa Ligasi kabi o‘yinlarda tushirilar, ko‘p quyi liga jamoalariga qarshi bahslarda ko‘rsatkichlari yaxshilanib qolardi, albatta.

Xullas, APL jamoalari va “Sosyedad”ni ham qo‘shsak, “Manchester Yunayted” bu mavsumda 16 o‘yinda maydonga tushdi. 6 o‘yinda Ronaldu ilk daqiqalardan o‘ynagan bo‘lsa, 10 uchrashuvda u uchrashuvda zaxiradan tushdi yoki umuman o‘ynamadi.

Ronaldu ilk daqiqalardan tarkibda harakat qilgan 6 uchrashuvda jamoa 3 ta gol urdi. Har o‘yinga 0.5 goldan. 2 g‘alaba, 1 durang va 3 mag‘lubiyat. O‘yinni Ronaldusiz boshlagan 10 uchrashuvda jamoa 7 g‘alaba, 1 durang va 2 mag‘lubiyat. 10 o‘yinda 20 gol kiritilgan. Har o‘yinga o‘rtacha 2 goldan to‘g‘ri kelmoqda.  

Jamoa bu mavsum 3 o‘yinni umuman gol urmasdan tark etgan. Har uch o‘yinda ham Ronaldu asosiy tarkibda harakat qilgan. Ya’ni Ronaldusiz o‘yinlarda jamoa har safar kamida 1 ta bo‘lsayam gol urgan.

Krishtianu Ronalduning iste’dodiga shubham yo‘q, hatto hozirgi palladagi sport formasini ham tanqid qilmoqchi emasman, balkim, yaqinda boshlanadigan mundialda hujumchi o‘zini ko‘rsatar. Shunchaki, yuqoridagi faktlar kamida shuni isbotlaydi – ten Xag jamoasiga Ronaldu kerak emas.

Qahramon Aslanov.

Manba: https://t.me/aslanov_futbol
Kiritildi: 14:39, 11.11.2022.
O'qildi: 5137 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.