«Bavariya» hujumchisi Erik Shupo-Moting Germaniya Bundesligasini Angliya Premyer-ligasiga o‘zgartirishi mumkin.
90min portali xabariga ko‘ra, 33 yoshli futbolchining xizmatlariga Londonning «Tottenxem» klubi qiziqish bildirmoqda.
Manbaga ko‘ra, «shporlar» o‘zining eng yaxshi to‘purari Xarri Keynni Shupo-Motingga almashtirmoqchi.
Erik joriy mavsumning birinchi yarmidagi muvaffaqiyatli o‘yini bilan «Tottenxem» e’tiborini tortdi. U 15 ta o‘yinda qatnashib, o‘nta gol va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.