Ispaniya terma jamoasi Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga yakuniy tarkib berish masalasini hal qildi. Bosh murabbiy Luis Enrike 26 nafar futbolchini ro‘yxatga kiritdi va shu bilan birga Serxio Ramosni arizadan chetda qoldirdi. Tajribali himoyachi beshinchi jahon chempionatiga chiqib, terma jamoa rekordchisiga aylanishi mumkin edi.
Ispaniyaning Jahon chempionatida ishtirok etadigan tarkibi:
Darvozabonlar: Devid Raya («Brentford»), Robert Sanches («Brayton»), Unay Simon («Atletik»).
Himoyachilar: Dani Karvaxal («Real» Madrid), Sesar Aspilikueta («Chelsi»), Erik Garsiya («Barselona»), Ugo Gilyamon («Valensiya»), Pau Torres («Vilyarreal»), Emerik Laport («Manchester Siti»), Jordi Alba («Barselona»), Xose Gayya («Valensiya»).
Yarimhimoyachilar: Serxio Buskets («Barselona»), Rodri («Manchester Siti»), Gavi («Barselona»), Koke («Atletiko»), Markos Lyorente («Atletiko»), Pedri («Barselona»), Serxi Roberto («Barselona»), Karlos Soler («PSJ»).
Hujumchilar: Ferran Torres («Barselona»), Pablo Sarabiya («PSJ»), Yeremi Pino («Vilyarreal»), Marko Asensio («Real» Madrid), Alvaro Morata («Atletiko»), Ansu Fati («Barselona»), Dani Olmo («RB Leypsig»), Niko Uilyams («Atletik»).
Enrikening o‘zi tarkib haqida nimalar dedi?
Mutaxassis tarkib bo‘yicha yakuniy qarorni faqat e’lon qilingan kun, ya’ni 11 noyabrda qabul qilganini tan oldi. Jumladan, Enrike “Barselona”ning iqtidorli futbolchisi Ansu Fatini tarkibga qo‘shish-qilmaslik haqida uzoq o‘yladi. Va shunga qaramay, 20 yoshli futbolchi ro‘yxatda edi.
“Rostini aytsam, men belgilangan muddat tugaguniga qadar tarkib haqida o‘ylashdan to‘xtamadim, - dedi Enrike tarkib e’lon qilinganidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida. “E’lon qilinishidan bir necha soat oldin menda hujum guruhi o‘yinchilari haqida shubha bor edi, lekin men bu masalani shtab bilan hal qildim. Ro‘yxatda bo‘lmagan futbolchilarga baho bermayman. Men shubha qilgan ismlarni nomlash mutlaqo axloqiy emas. Jurnalistlarning qiziquvchanligini tushunaman, lekin bu noto‘g‘ri. Aytishim mumkinki, men Fatiga oxirigacha shubha qilganman. Uning darajasi juda yuqori, lekin u jiddiy jarohat olganini unutmang. Sizga bir necha bor aytganimdek, men hech qachon klublarga qaramayman. Men uchun futbolchilarning kerakli talablarni bajara olishi muhimroq”, dedi Enrike.
Ispaniya terma jamoasi tarkibi haqida ba’zi faktlar
- 26 nafar futbolchidan faqat olti nafari jahon chempionatida ishtirok etish tajribasiga ega. Bular Karvaxal, Aspilikueta, Alba, Buskets, Koke va Asensio.
- Gavi jahon chempionatiga chiqqan eng yosh ispaniyalik futbolchidir. U bu haqda 18 yoshu 98 kunligida bilib oldi. "Barselona"ning iqtidori Fabregasning 19 yil 41 kunlik rekordini yangiladi.
- Buskets o‘zining to‘rtinchi jahon chempionatiga yo‘l oladi. Yerro, Zubizarreta, Kasilyas, Xavi, Inyesta va Ramoslar bilan tenglashadi.
- Tarkibda "Real Madrid"ning faqat ikkita vakili bor (Karvaxal va Asensio). Bu 1950 yildan beri eng past ko‘rsatkichdir.
Shu bilan birga, terma jamoada birdaniga yetti kishini “Barselona” futbolchilari tashkil qilmoqda: Garsiya, Alba, Buskets, Pedri, Gavi, Torres va Fati.
Nufuzli Marca nashri tezda terma jamoaga kira olmagan futbolchilar ro‘yxatini tuzib chiqdi. Ularni "Ispaniya B" deb nomlashdi. Natijada shunday jamoa yuzaga keldi: Kepa Arrizabalaga («Chelsi»), Ektor Belyerin («Barselona»), Serxio Ramos («PSJ»), Inigo Martines («Atletik»), Mark Kukurelya («Chelsi»), Tiago Alkantara («Liverpul»), Mikel Merino («Real Sosyedad»), Fabian Ruis («PSJ»), Serxio Kanales («Betis»), Jerar Moreno («Vilyarreal»), Iago Aspas («Selta»).
Ispaniya ommaviy axborot vositalari bu tarkibga qanday munosbat bildirdi?
Marca foydalanuvchilar orasida ovoz berishni tashkil qilgan. Ulardan Qatarga borishi kerak bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatini tanlash so‘ralgan. De Xea barcha darvozabonlarning 20%, Kepa esa 26% ovoz olgan. Sayt o‘quvchilari bu yigitlarni jamoaning ikkinchi va uchinchi darvozabonlari maqomida ko‘rishdi.
Markaziy himoyachilar orasida esa Ramos 16% ovoz oldi. Lyaport (24%), Pau Torres (21%) va Martinesdan (18%) keyin to‘rtinchi natijadir. Taqqoslash uchun, Erik Garsiya bor-yo‘g‘i 6 foiz, Ugo Gilyamon esa 4 foiz ovoz to‘plagan. Yarim himoyachilardan Pedri (14%), Gavi (13%) va Rodri (13%) eng ko‘p ovoz to‘plagan. Hujumchilardan - Morata (12%), Niko Uilyams (11%) va Fati (11%).
Marca Ramosning tarkibda yo‘qligiga shunday munosabat bildirgan: "Serxioning yakuniy ro‘yxatdan yo‘qolishi ikki yarim yil davom etgan jarayonning eng katta voqeasi bo‘ldi". Serxioning "PSJ"dagi jamoadoshi - Ashraf Hakimi Ispaniya terma jamoasi tarkibi e’lon qilingandan so‘ng darhol ijtimoiy tarmoqlarda Ramosni maqtab "Dunyoning eng yaxshi himoyachisi" degan yozuvli post yuklagan.
Ro‘yxat e’lon qilinishidan avval ispan jurnalistlarining fikrlari ikkiga bo‘lingan edi. Ba’zilar Ramosni jamoada bo‘lishi kerak, chunki u katta tajribaga ega, deb ta’kidlashdi. Qolaversa, ba’zi markaziy himoyachilarning o‘yini ishonch uyg‘otmaydi. Boshqalar hozirgi himoya bilan Ispaniya jamoasi Yevro-2020 yarim finaliga chiqdi va (va u yerda penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘ldi) Ramos kerak emasligini ta’kidlashdi.
“Ramos JCH-2022 uchun kerakmi? - deb so‘radi jurnalist Pablo Planas. “Javob juda oddiy. Ispaniyada endi Ramosga o‘xshagan markaziy himoyachi bormi? Yo‘q. Bu oddiy dalil Serxio yaxshi formada bo‘lsa, Qatarga borishi kerakligini tushunish uchun yetarli. Jamoaga yetakchilar, tajribali futbolchilar kerak. Bu yigit jahon chempionatida g‘olib chiqdi, u ajoyib hujumchilar bilan kurashdi. Ramosda xarakter va jangovar fazilatlar bor - bu muhim narsalar. Serxio terma jamoaning qolgan markaziy himoyachilari jamlanganidan ancha qimmatroq”.
Ammo jurnalist Jaume Mizeraksning nuqtai nazari boshqacha: “Ramos kerak emas. Uning terma jamoadagi faoliyati 2021 yilning 31 martida yakuniga yetdi va u terma jamoadagi so‘nggi (hozircha) o‘yinini o‘tkazdi. O‘shandan beri Ispaniya ajoyib natijalarni ko‘rsatmoqda. Ha, Serxio Parijda mavsumni yaxshi o‘tkazmoqda. Ha, bu terma jamoa libosida 180 ta o‘yin o‘tkazgan odam. Ammo uning tarkibga taklif qilinishi terma jamoani yangilash jarayonida orqaga qadam bo‘lardi”.
Mundo Deportivo nashri ham “Luis Enrike Serxio Ramosni jahon chempionatiga olib chiqishi kerakmi?” degan so‘rovnoma uyushtirishdi. Ovoz berganlarning 53 foizi “yo‘q”, 47 foizi “ha” deb javob bergan.
Sizning fikringiz qanday Ispaniya terma jamoasi ustozi to‘g‘ri qaror qildimi, yoki aksincha?