Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/09 00:30 Malaga 1-3 Vilyarreal
18/09 11:30 Filippin 0-2 Vyetnam
18/09 15:00 O‘zbekiston 2-0 Kuvayt
18/09 15:30 Saudiya Arabistoni 2-0 Qatar
18/09 23:45 Monsa 2-1 Sassuolo
19/09 00:00 Espanyol 1-3 Elche
19/09 00:00 Brentford 3-0 Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem 2-3 Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna 1-1 Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al 0-2 Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya - Torino
19/09 18:00 Udineze - Kalyari
19/09 19:00 Brayton - Arsenal
19/09 19:00 Everton - Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl - Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao - Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor - Buxoro
19/09 21:00 Roma - Inter
19/09 21:30 Selta - Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest - Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya - Lasio
20/09 00:00 Sevilya - Barselona
20/09 10:00 Eron - Xitoy
20/09 12:00 Gonkong - Tailand
20/09 15:00 KXDR - BAA
20/09 15:30 Fiorentina - Napoli
20/09 15:30 Yaponiya - Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe - Malaga
20/09 17:15 Andijon - Nasaf
20/09 18:00 Surxon - Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone - Komo
20/09 18:00 Parma - Jenoa
20/09 18:00 Bornmut - Liverpul
20/09 18:00 Lids - Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti - Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona - OKMK
20/09 19:15 Atletiko - Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv - Neftchi
20/09 20:30 Fulhem - Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus - Atalanta
20/09 21:30 Deportivo - Betis
20/09 21:30 Vilyarreal - Levante
20/09 23:45 Milan - Lechche
21/09 00:00 Valensiya - Real Sosyedad

Mirjalol Qosimov: «9-daqiqadayoq qizil kartochka olishimizni hisobga olmagan ekanmiz»

Mirjalol Qosimov: «9-daqiqadayoq qizil kartochka olishimizni hisobga olmagan ekanmiz»

Baho:
+ | -

Superliganing so‘nggi 26-turidan o‘rin olgan “Navbahor” — AGMK (3:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov qatnashib, jurnalistlarning savollariga javob berdi.

Mirjalol Qo‘shoqovich odatdagidek, o‘z so‘zini o‘yin haqidagi fikrlari bilan boshladi.

— “Navbahor”ni bugungi g‘alaba va 2-o‘rin bilan tabriklaymiz. Juda qiziqarli va muxlislarbop o‘yin bo‘ldi. Uchrashuv davomida kutilmagan vaziyatlarga ham duch keldik. 9-daqiqadayoq qizil kartochka olishimizni hisobga olmagan ekanmiz. Bu men uchun ham katta dars bo‘ldi. Haqiqatdan ham g‘alaba uchun maydonga chiqqandik. O‘sha qizil kartochka o‘yinning borishini tubdan o‘zgartirib yubordi. Har doim ham sen hohlagan narsa bo‘lmaydi. Shunga qaramasdan, yigitlarga kiyinish xonasida minnatdorchilik bildirdim. “Boshlaringni baland ko‘taringlar, sizlar bugun muxlislarga yoqadigan o‘yin ko‘rsatdinglar”, dedim.

Bizda hech qanday bosim yo‘q edi. Chunki 3-o‘ringa ham da’vogar emasdik, shuningdek, bitta quyi pog‘onaga tushib ham ketmasdik. Bugun olmaliqlik va uzoq yo‘l bosib kelib, bizni qo‘llab-quvvatlagan jamoamiz muxlislari uchun maydonga chiqqandik. Bu futbol, har qanday vaziyat bo‘lib turadi. Navbatdagi mavsumga tayyorgarlik ko‘ramiz. Osiyo Chempionlar Ligasini “Navbahor” kabi Olmaliqqa olib borishga harakat qilamiz. Juda ham qiziqarli mavsum yakuniga yetdi.

— Birinchi golga munosabatingiz qanday? Ushbu golning ta’siri jamoangizga sezildimi?
— Albatta, hozir aytib o‘tdim. Hamma narsani inobatga olgan ekanmizu, dastlabki daqiqalardagi qizil kartochka xayolimizga kelmagan ekan. Yoki keyingi safar 12 kishi bo‘lib maydonga tushamiz (kuladi). Shuncha vaqt davomida bir kishi kam bo‘lib o‘ynash, shunday katta maydonda oson emas. Xokkeyda ham borku, bir kishi kam bo‘lib 1-2 daqiqa o‘ynasa, tinkasini “quritib” qo‘yadi. “Tanasi boshqa — dard bilmas, deyishadi. Ha, albatta, bu holat jamoamizga ta’sir qildi.

— Bu yilgi chempionat juda qiziqarli o‘tdi. Mutaxassis sifatida sizning fikringiz qanday?
— Afandi haqidagi latifa esimga tushib ketdi. Har qanday holatda ham barchaga birdek yoqib bo‘lmaydi. Har xil gaplar bo‘laveradi. Chempionat to‘g‘risini aytsam, haqiqatdan ham qiziqarli o‘tdi. Yuqori o‘rinlar uchun ham, ligada qolish uchun quyi o‘rinlarda ham intriga yuqori bo‘ldi. Tilning suyagi yo‘q, gapiradigan odam gapiraveradi.

— Mirjalol Qosimov boshqargan jamoalar har doim yuqori o‘rinlar uchun kurashadi. Mutaxassis sifatida “Navbahor”ning chempion bo‘lishiga nima yetishmadi, deb hisoblaysiz?
— Buning siri yo‘q. Bu futbol. Boshqa jamoani tahlil qilolmayman. Chetdan qaraganda hammasi oson. Bitta kichkinagina epizod o‘yinni o‘zgartirib yuborishi mumkin. Shu sababdan ham millionlar o‘yini deyiladi. Oldindan natijani aytib bo‘lmaydi. Har xil vaziyat bo‘lishi mumkin.

— “Navbahor”ning butun mavsum davomida ko‘rsatgan o‘yinlariga fikringiz qanday?
— Yaxshi jamoa, tarkibida malakali futbolchilar bor. Bekorga ular kubok finalida o‘ynashgani yo‘q. Mana shuncha jamoa ichida 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bir tur oldin “Nasaf”ni 3-o‘rinni oladi deb kim ayta olardi?

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 09:25, 13.11.2022.
O'qildi: 2838 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик