Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Leo va suratli butsa fotosi ta’siri

Leo va suratli butsa fotosi ta’siri

Baho:
+ | -

Lionel Messi uchun tasvirli butsa yuborgan rassom ayol Qatarda ishlash uchun aniq taklif oldi.

E’tiborlisi, u argentinalik yulduz uchun butsaga alohida ishlov berishdan oldin surat chizishni to‘xtatish haqida o‘ylagandi. Endi esa uning ishi 2000 dollarga baholanmoqda. Qisqasi, Leoning bezakli butsa bilan tushgan surati havaskor rassom hayotini ikki qismga bo‘lib yubordi - «oldin» va «keyin». Bu - taqdir yoxud Lili Kanteroning chiroyli hikoyasi. Sports.ru sayti ijodkorlari shu taqdirga alohida e’tibor qaratishdi.

Lili Kantero - paragvaylik 29 yoshli rassom, asosan futbol olamiga taalluqli ijodi bilan tanilgan. U jumladan, Lionel Messi va Ronaldinyo kabi yulduzlarga o‘z suratlari bilan ishlov berilgan butsalar yuborgan. Qarang, endi Lilini Qatar mundialida ishlashga chorlashmoqda. Qisqasi, Asunsyonda yashovchi rassom ayolga chamasi 20ta butsa, shuningdek, to‘plar va bannerlarni bezash vazifasi topshiriladi. Suratlar loyihasi tayin - Lili o‘z ijodida Yaqin Sharq madaniyati va shu oy dunyoning eng kuchli terma jamoalarini qabul qiladigan Qatar poytaxti - Doxani tasvirlab berishi kerak.

Kantero xonim Lionel Messi «Barselona»da o‘ynagan davr bir juft butsani bezash asnosida nom qozongandi. U oyoq kiyimiga argentinalik hujumchi va oilasi a’zolari qiyofasini oq-qora tasvirda tushirgan va futbolchiga yuborgan. Lili aslida Leo butsani qabul qilganini ham bilmasdi. Muhimi, hujumchi o‘sha tasvirli butsani qo‘lida ushlab turgancha suratga tushib, uni rassomga sovg‘a tariqasida jo‘natdi. Bu o‘sha vaqt surat chizishni butunlay yig‘ishtirib qo‘yish haqida o‘ylayotgan Kantero uchun chinakam burilish nuqtasiga aylandi. Endi Lili o‘zining shaxsiy sport kiyimlari brendini yaratish asnosida Paragvay madaniyatini jahonning yirik tadbirlariga olib chiqmoqchi. «Messi uchun butsa butun hayotimni ikki qismga ajratib yubordi - «oldin» va «keyin». Bu taqdirning chiroyli lahzasi, albatta. Zero, rassomchilikdan ko‘nglim qolgan pallada menga yangi imkoniyatlar eshigi ochildi. Qisqasi, faoliyatim endi chinakamiga boshlandi», - deydi Kantero xonim.

Lili Qatarda bunga qadar jahon kubogini qo‘lga kiritgan Braziliya, Germaniya, Italiya, Argentina, Urugvay, Fransiya, Angliya va Ispaniya termalari sharafiga alohida dizayn bo‘yicha bezatilgan 8ta to‘pni namoyish qilishni rejalashtirmoqda. 3D-formatida taqdim etiladigan 8ta butsada esa, Qatar tomonidan Doxa, Lusayl, Rayyan, Al-Xor va Al-Vaqrada jahon chempio­nati uchun qurilgan 8ta stadion tasvirlanadi. Qolgan modellar esa Qatar va Paragvay madaniyati elementlarini uyg‘unlashtiradi.

So‘z
- Bu borada 3 yildan buyon ishlayapman va jahon chempionatida o‘z mamlakatim sharafini himoya qilish men uchun katta sharaf. Lotin Amerikasi futboli - katta ehtiros. Men esa futbol bilan tirikman... Bu o‘yin xuddi san’at kabi meni hamisha to‘lqinlantiradi. Shunday ekan, ikkisini uyg‘unlantirish yo‘lini topganim naqadar yaxshi. Lili Kantero (paragvaylik rassom ayol) .

A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 12:00, 13.11.2022.
O'qildi: 2914 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.