Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ronaldu: "Hamma narsani yangidan qurish kerak"

Ronaldu: "Hamma narsani yangidan qurish kerak"

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronaldu klub atrofidagi vaziyat haqida gapirdi. 14 ta o‘yindan so‘ng «Manchester Yunayted» APL turnir jadvalida 5-o‘rinda bormoqda.

“Menimcha, muxlislar haqiqatni bilishlari kerak. Men klub uchun faqat eng yaxshisini xohlayman, shuning uchun ham «Manchester Yunayted»ga keldim.

Ammo klub ichidagi ba’zi narsalar bizga "Man Siti", "Liverpul" va hattoki hozirgi «Arsenal»dagi kabi yuqori darajaga chiqishimizga to‘sqinlik qilmoqda.

Mening fikrimcha, bunday darajadagi klub kuchli uchlikka kirishi kerak, ammo afsuski, biz u yerda emasmiz.

Hamma narsani yo‘q qilish va yangidan qurish kerak, agar ular mendan boshlasa, bu men uchun muammo emas. Men «Manchester Yunayted»ni yaxshi ko‘raman, ularning muxlislarini yaxshi ko‘raman, ular doim men tomonda. Ammo ular boshqacha bo‘lishini xohlasalar, ko‘p narsani o‘zgartirishing kerak", - deydi Ronaldu.

Kiritildi: 10:56, 14.11.2022.
O'qildi: 2151 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.