Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Lingardning dardi ichida

Lingardning dardi ichida

Baho:
+ | -

«Nottingem Forest» yarim himoyachisi Jessi Lingard «Manchester Yunayted»dagi faoliyati davomida tushkunlikka tushgani haqida gapirdi.

Ingliz futbolchisining so‘zlariga ko‘ra, unga shu qadar og‘ir bo‘lganki, qaysidir vaqtda u yotishdan oldin spirtli ichimliklar ichishni boshlagan.

«Men uyda o‘tirib, og‘riqni yengillashtirish uchun bir necha marta ichimlik ichishni xohlayman. Uyda o‘tirib, yotishdan oldin spirtli ichimliklar ichishni boshlaganimda, vaziyat yomon ekanini angladim», - deya Lingardning so‘zlarini keltiradi The Guardian.

Eslatib o‘tamiz, Lingard o‘tgan yozda «Manchester Yunayted»dan «Nottingem Forest»ga o‘tgan edi. Yarim himoyachi yangi jamoasi tarkibida 14 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. E’tiborlisi, Lingard «mankunianliklar» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Kiritildi: 19:28, 14.11.2022.
O'qildi: 4085 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик