Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Noyer uchun qaysi jamoa qulay?

Noyer uchun qaysi jamoa qulay?

Baho:
+ | -

Germaniya terma jamoasi darvozaboni Manuel Noyer o‘z jamoasining Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatidagi ilk uchrashuvi, unda Yaponiya bilan o‘ynashi haqida gapirdi. Uchrashuv 23 noyabr kuni soat 18:00da boshlanadi.

“Biz ehtiyot bo‘lishimiz kerak. Shaxsan men uchun turnirdagi birinchi o‘yin har doim eng muhimi bo‘lgan.

Yaponiya juda intizomli o‘ynaydigan noqulay jamoa. Shu bilan birga, ularni individual o‘yinchilarning fazilatlari tufayli oldindan aytib bo‘lmaydi.

Bundesligada bir nechta yaponiyalik futbolchilarimiz bor. Menga bunday jamoalar bilan o‘ynash qiyin.

Ispaniyaga o‘xshagan raqib bilan o‘ynashni afzal ko‘raman, chunki biz ularni bilamiz, bunday vaziyatlarda raqibga yaxshi tayyorgarlik ko‘rish mumkin.

Shunday ekan, biz uchun birinchi o‘yin qiyin bo‘ladi. Ammo shundan so‘ng biz qayerda ekanligimizni bilib olamiz", - deydi Noyer.

Kiritildi: 23:54, 14.11.2022.
O'qildi: 1110 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик