Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/02 18:00 Buxoro 1-0 Qo‘qon-1912
27/02 18:45 Andijon 4-0 So‘g‘diyona
27/02 19:00 Paxtakor 2-0 Qizilqum
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi - Mash’al
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv - Surxon
28/02 19:15 Dinamo - Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti
01/03 00:45 Inter - Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo - Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

Srechko Katanes: «O‘ylaymanki, Qozog‘istonning agressiv o‘yiniga qarshi o‘zimizning aqlli o‘yinimizni namoyish eta olamiz»

Srechko Katanes: «O‘ylaymanki, Qozog‘istonning agressiv o‘yiniga qarshi o‘zimizning aqlli o‘yinimizni namoyish eta olamiz»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes va yarim himoyachi Odiljon Hamrobekov Qozog‘istonga qarshi bo‘ladigan o‘rtoqlik o‘yini oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi:

— Hammaga assalomu alaykum. Ertangi o‘yin ham har doimgi kabi o‘rtoqlik uchrashuvi hisoblanadi. Bugunga kelib to‘liq tarkib yig‘ildi. Lekin o‘ylaymanki, biz ertangi uchrashuvda ham o‘z o‘yinimizni namoyish eta olamiz.

Osiyo kubogi haqida
— Rejalarga katta ta’sir qildi, deya olmayman. Biz har qanday vaziyatga moslashishimiz talab etiladi. Buning ijobiy tomoni ham bor. Biz ko‘proq o‘yinlar o‘tkazib, tayyorgarlikni mustahkamlashimiz mumkin. Yana bir yaxshi tomoni, bizda chempionat noyabrda tugaydi. Biz Osiyo kubogiga tayyorgarlik ko‘rib, yaxshi formada yetib boramiz.

So‘nggi daqiqalar haqida
— Bu barcha jamoalar bilan sodir bo‘ladigan muammo. Dunyoning eng yaxshi jamoalari ham oxirgi daqiqalarda gol o‘tkazib yuborishi mumkin. Futbol o‘zgarib bormoqda. Futbolchilar oxirgi daqiqalarda charchab qolishi mumkin. Shu sababli konsentrasiya yo‘qololadi. Umuman olganda, biz o‘sha o‘yinda himoyadagi xatolarimiz tufayli o‘yin so‘ngida gol o‘tkazib yubordik.

Qozog‘iston TJ haqida
— Bu jamoani hurmat qilaman. Biz ularning o‘yinlarini tahlil qildik. Menga ularning o‘yini yoqdi. Ertaga oson bo‘lmaydi. Biz uchun bu oddiy o‘rtoqlik uchrashuvi, biz o‘z o‘yinimizni namoyish etamiz. O‘ylaymanki, raqiblarimizning agressiv o‘yiniga qarshi o‘zimizning aqlli o‘yinimizni namoyish eta olamiz.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Odiljon Hamrobekov:

Qozog‘iston bilan o‘yin haqida
— Bu hech qanday ajratib o‘tadigan o‘yin emas. Bu navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvi. Oldimizda turgan yo‘limizdagi galdagi o‘yin, deya olaman. Maqsad — xatolarni ko‘rib chiqib, ularni to‘g‘rilashdan iborat.

Eng kuchli yarimhimoya chizig‘i haqida
— Yarimhimoyamiz Ahmedov, Haydarov, Jeparov va Kapadzelar harakat qilgan davr eng kuchli chiziq bo‘lgan, deb hisoblayman. Hozirga kelib, murabbiy va futbolchilar bilan bu pozisiyani mustahkamlash uchun harakat qilyapmiz.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 14:50, 15.11.2022.
O'qildi: 3244 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.